O’zbekistonda zamonaviy bosqichda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining ijtimoiy-
siyosiy va huquqiy asoslari
Ijtimoiy pedagogikani va ijtimoiy-pedagogik faoliyat rivojining metodologik
asoslari quyidagilar hisoblanadi:
1.
Bozor munosabatlarini shakllantirish va jamiyatni demokratiyalashtirish sharoitida
davlatning kuchli ijtimoiy siyosati. Bu siyosatning asosiy yo’nalishlari I.A.Karimov
asarlarida va davlat dasturiy hujjatlarida ko’rsatilgan.
2.
Aholining eng kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish choralari
to’g’risidagi hukumat farmoyishlari, qonun, farmonlarni hayotga tatbiq etish.
3.
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi.
Ijtimoiy muammolarga nihoyatda katta e’tibor qaratilishining sababi milliy
davlatchilikni shakllantirish jarayonidir. Bu davrda ayniqsa ijtimoiy muammolar
nihoyatda keskinlashadi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi milliy
havfsizlikka tahdid omili bo’lib xizmat qilishi mumkin. SHuning uchun vaqtida choralar
qabul qilish nihoyatda muhimdir.
Iqtisodning liberallashuvi turli ijtimoiy qiyinchiliklarni –ilmsizlar sonini ortishi,
turli tengsizliklar paydo bo’lishi, hayot tarzining buzilishini keltirib chiqardi.
SHuning uchun O’zbekiston taraqqiyotining o’z yo’li, asoslanadigan yetakchi
tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosat olib borish hisoblanadi. Bu siyosatning
maqsadi quyidagilardir:
1.
Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
2.
Aholining turli qatlamlarini paydo qilmaslik orqali ijtimoiy kelishuvni ta’minlash.
Mustaqillik yillarida ko’rsatilgan maqsadlarga aholining ijtimoiy himoyasining
yangi mehanizmi shakllangan va u quyidagilarda namoyon bo’ladi:
ishlab chiqarishni barqarorlashtirish;
davlat mablag’laridan tashqari, mehnat jamoalari, ijtimoiy va mehribonlik fond va
tashkilotlarining mablag’larini yo’naltirish;
aholi daromadlarining yuqori tabaqalashuviga yo’l qo’ymaslik;
169
kambag’allikka qarshi kurashish, nogiron, yetim va qariyalarni qo’llab-
quvvatlashni kuchaytirish.
Milliy mentalitet va hayot tarzining xususiyatlarini inobatga olib, eng kam ta’minlangan
oilalarni aniqlash va ularga mahalla qo’mitalari orqali yordam ko’rsatish kabi ijtimoiy
qo’llab-quvvatlash shakli tarqalmoqda. Bunday yondashuv bizning xalqimizda ko’p asrli
ildizlarga ega va amaliy ahamiyati esa mablag’larning hayotda aniq tarqatilishini
ta’minlaydi.
Respublikada olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning huquqiy asosi bo’lib quyidagi
yo’nalishlarga doir hujjatlar xizmat qilmoqda:
1.
Xayriya-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 4
martdagi “Sog’lom avlod uchun xalqaro nohukumat xayriya fondining faoliyatini
ta’minlash choralari to’g’risida”gi farmoni. Unda fondning asosiy vazifalari belgilangan:
-mablag’larni “Sog’lom avlod” davlat dasturiga qaratish;
-oila va jamiyatda sog’lom hayot tarzini targ’ib qilish;
-xorij va milliy homiylarning xayriya yordami vosita va mablag’larini jalb qilish;
-ko’p farzandli oilalar, nogiron bolalar, bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga
insonparvarlik yordami ko’rsatish.
2.
Mehr-muruvvatga oid O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004
yil 27 yanvardagi “Mehr-muruvvat to’g’risida”gi farmoyishi. Uning maqsadi jamiyatda
do’stlik, bag’rikenglik, xalqlararo totuvlik fuqarolar, ayniqsa yoshlarning yaxshi axloqiy
hislatlarini rivojlantirishdir.
3.
Sog’lom avlod tarbiyasiga oid O’zbekiston Respublikasining “fuqarolar
sog’ligini saqlash to’g’risida”gi qonuni haqida aholining malakali tibbiy yordam va
ijtimoiy himoya olishdagi konstitutsiyaviy huquqlarni amalga oshirishi, sog’liqni saqlash
tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga moslashtirish maqsadida
quyidagi farmon va farmoyishlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi prezidentining
1998 yil 10 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida sog’liqni saqlash tizimini isloh
qilish davlat dasturi to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3
dekabrdagi “O’sib kelayotgan avlodni sog’lomlashtirish muammolarini kompleks hal
qilish to’g’risida”gi farmoyishi, 2000 yil 15 fevraldagi “Sog’lom avlod davlat dasturi
to’g’risida”gi, 2002 yil 31 oktyabrdagi “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish fondi
faoliyatini tashkil qilish to’g’risida”gi, 2002 yil 25 yanvardagi “Ayollar va o’sib
kelayotgan avlodning sog’ligini mustahkamlash to’g’risida”gi farmoni.
4.
Ayollarning ijtimoiy himoyasiga oid O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining “Ayollarga qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi 1989 yil 14 apreldagi
qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1989 yil 17 martdagi “Ayollarning
maxsus himoyasini kuchaytirish to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
17 martdagi “Zararli va sharoiti og’ir ishlarda band ayollarning daromadlariga soliq
solinayotganidagi imtiyozlar to’g’risida”gi farmoni.
5.
Oilani qo’llab-quvvatlashga oid O’zbekiston Respublikasi prezidentining 1994
yil 16 iyundagi “Ko’p bolali oilalarga ijtimoiy yordam tizimini mukammallashtirish
to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1986 yil 10 dekabrdagi “Ko’p bolali
oilalarga yordam ko’rsatish to’g’risida”gi farmoyishi. “Voyaga yetmagan bolali oilalarga
nafaqa to’lash to’g’risida”gi Nizomida bu nafaqalarni olish huquqiga quyidagilar ega:
-nogiron bolali oilalar; -ota-onasi yo’q bo’lgan va bolalarning tarbiyasi bilan
qarindoshlari shug’ullanuvchi oilalar; -ota-onadan biri yoki ikkalasi ham nogiron bo’lgan
oilalar; -ota-onadan biri yoki ikkalasi ham ishsiz bo’lsa.
170
6.
Nogironlarga yordam berishga oid 1991 yil 18 noyabrdagi “O’zbekiston
Respublikasida nogironlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida”, Vazirlar Mahkamasining
“YOshligidan nogiron bo’lganlarga, qariyalarga va mehnat qilishga layoqatsiz shaxslarga
nafaqa to’lash to’g’risida”gi 1994 yil 24 iyundagi № 319 farmoyishi. Ularda nazarda
tutilgan choralar nogironlar uchun individual rivojlanishlari, ularning ta’limlari va ishlab
chiqarishda qatnashishlari, sog’liqni saqlash dasturini amalga oshirishga qaratilgan.
7.
Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoyalashga oid O’zbekiston
Respublikasining aholining kam ta’minlangan oilalarini himoyasi to’g’risidagi farmon,
farmoyishlari. SHuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga joylashtirishda ish
o’rinlarining minimal soni o’rnatiladi.
8.
Mahallaning ijtimoiy maqomini mustahkamlashga oid Mahalla qo’mitalariga
fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organiga aylanishi munosabati bilan 1999 yil 14
apreldagi “Fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonun, shuningdek
1999 yil 13 yanvardagi “Aholining ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishini ta’minlashda o’z-
o’zini boshqarish organlari rolini oshirish to’g’risida”gi farmon qabul qilindi. Ular
shahar, qishloq, mahalla oqsoqollari yig’ilishlarining vakolatlarini belgilab berishadi.
Ulardan asosiylari davlatning oilalarni ijtimoiy ta’minlash uchun ajratilgan mablag’larini
to’g’ri taqsimlash, ayollar manfaatlarini himoya qilish, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni
shakllantirish, ijtimoiy tartibni ta’minlashda ishtirok etish, huquqbuzarliklarning oldini
olish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish, aholi markazlarining tozalik va
ekologik holatini nazorat qilish.
Zamonaviy sharoitlarda ijtimoiy siyosatni o’tkazish hayotning barcha sohalarini
ijtimoiylashtiruv ijtimoiy ishlarning aniq belgilangan yangi shakllarini joriy qilish
zarurligini tug’diradi. Bu borada quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1) 1996 yil 23 fevralda Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonda tibbiy- ijtimoiy
patronaj tizimini tuzish” haqidagi buyrug’i chiqdi. Unda “Sog’lom avlod” fondining
taklifi bilan viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog’iston Respublikasida 15 ta tez tibbiy
yordam guruhilarini tuzilishiga mablag’ ajratildi. Bu buyruq tibbiy- ijtimoiy yordam
ko’chma guruhlarini mutaxassislar bilan ta’minlash vazifasini amalga oshirishga
qaratilgan. Unda shuningdek tibbiy- ijtimoiy patronaj ishchilarini tayyorlash tashkiloti
zarurligi ham aytilgan. O’zbekiston Respublikasi mehnat vazirligiga bir oy muddat ichida
kasb-hunarlarni tasniflash Respublika markaziga yangi kasb-“tibbiy- ijtimoiy ishchi”
kasbini kiritish vazifasi yuklatildi. Tibbiy- ijtimoiy patronaj funksiyalari tarkibiga
quyidagilar kiradi:
1.
Tibbiy- ijtimoiy patronaj ijtimoiy sohada faoliyat yurituvchi turli tashkilot,
muassasalar intilishlarini birlashtiradi.
2.
tibbiy- ijtimoiy patronaj o’z faoliyatida O’zbekistonda yashovchi xalqlarning asriy
an’analariga, fan yutuqlariga asoslanadi va O’zbekistonda yuritilayotgan samarali ijtimoiy
siyosatni har bir oilaga yetkazishga majburdir.
3.
tibbiy- ijtimoiy patronaj har bir oilaning tibbiy ijtimoiy holati monitoringini o’tkazadi.
Tibbiy- ijtimoiy patronaj maqsadlari quyidagilardan iborat:
Sog’liqni saqlash vazirligi, Aholini ijtimoiy ta’minoti vazirligi va Sog’lom avlod
uchun fondi ko’rsatkichlari yordamida mahalliy organlar bilan yaqin aloqada bo’lib
yashashning tozalik gigiyenik sharoitlarini, oilaning psixologik iqlimini, uning
a’zolarining sog’ligi holatini aniqlash
tibbiy, ijtimoiy va psixologik yordamga muhtoj ayollar va bolalarni o’z vaqtida
aniqlash;
oilada sog’lom turmush tarzining shakllanishi.
4.
ko’rsatilgan maqsadlarga muvofiq tibbiy ijtimoiy patronajga quyidagilar yuklatiladi:
171
-oilalarga tibbiy, ijtimoiy va huquqiy yordam ko’rsatish;
-ayol va bolalarni sog’lomlashtirishda yordam ko’rsatish, oilani rivojlantirish bo’yicha keng
tushuntirish ishlarini olib borish.
2) 1998 yil 1 aprelda Vazirlar Mahkamasining “Ona va bola skiringi dasturini
tasdiqlash to’g’risida”gi farmoyishi chiqdi. Bu dastur homilador ayollarda nogiron
bolalarning tug’ilishini oldini olish uchun tug’ma va boshqa patalogiyasini aniqlashga
qaratilgan. Bu farmoyishga binoan “Ona va bola skiringi” dasturini qo’llab-quvvatlash
mas’uliyati “Sog’lom avlod uchun”, “Mahalla” fondi, O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar
qo’mitasiga yuklatildi.
1998-2001 yillar orasidagi davrda “Sog’lom avlod uchun” fondining “Villak” (Finlandiya)
va Bristol Monteds Skvibb (AQSH) kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiq
skrining markazlari agrotexnika va boshqa texnik jihozlari bilan ta’minlandilar.
3) 1997 yil 31 dekabrda Vazirlar Mahkamasining “SOS-O’zbekiston bolalar
qishloqlari assotsiatsiyasini ta’sis etish to’g’risida”gi farmoyishi chop etildi. Bu
assosatsiatsiya bolalar qishloqlarini tashkil qilish jamiyati- SOS-Kinderford xalqaro jamiyati
(Avstriya) tomonidan ta’sis etildi.
Assosatsiatsiya faoliyatining asosiy maqsad va yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
-jamoatchilik va davlat tuzilmalarining yetim bolalarning jismoniy, aqliy va axloqiy
jihatdan rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishdagi harakatlarini tartibga solish;
-etim bolalarga yordam berishga qaratilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirishda
moliyaviy yordam berish;
-falokatga uchragan barcha bolalarga yordam ko’rsatish;
-O’zbekiston Respublikasida SOS-O’zbekiston bolalar qishloqlarini tashkil qilish va
ularni jihozlar bilan ta’minlash;
-SOS-Kinderford interneyshnl bilan hamkorlik qilish;
-Assotsiatsiya faoliyatiga davlat, jamoat va xususiy xususiyatlarni jalb qiladimi;
-etim bolalar uchun insonparvarlik dasturlarini tarqatish va qo’llab-quvvatlash uchun
OAVlari bilan hamkorlik qilish, ko’rgazma, seminarlar o’tkazish, axborot
materiallarini chop etish.
YUqorida keltirilgan hujjatlardan ko’rinib turibdiki, ijtimoiy muammolarga alohida
e’tibor 1996 yildan qaratilgan. Bir yil avval 1995 yil O’zbekistonda shaxsni
shakllantirishning ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi ishlab chiqildi. Uning tuzilishi Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, ta’lim tizimini to’g’ri isloh qilish bilan izohlanadi.
Konsepsiyaning asosiy qoidalari:
1)
madaniy-axloqiy tarbiyaning ta’limdan ustuvorligi;
2)
insonda ijtimoiy faollik, o’z-o’zini boshqarish ko’nikmalari, muomala va axloq
madaniyati, yuqori intizomga ega demokratik jamiyat fuqarosini tarbiyalash;
3)
ijtimoiy faol shaxsni jamiyat ishlab chiqarishning asosiy sharti sifatida
shakllantirish har bir fuqaro hayotining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy sohalarida ishtirok etishi;
4)
shaxsni ijtimoiylashtirish vositalari sifatida demokratiyalashtirish, insonparvarlik
tamoyillarini amalga oshirish;
Ta’limni demokratiyalashtirish-faollik va tashabbusni, hamkorlik, birlik vositalarini
rivojlantirishni nazarda tutsa insoniylashtirish-yosh avlodni milliy, ijtimoiy-madaniy
qadriyatlar orqali umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga, inson huquqlarini ta’minlashga
ko’nikishlari demakdir.
Bu konsepsiya boy tarixiy, madaniy, ma’naviy, pedagogik, ijtimoiy an’analar bilan
birgalikda ijtimoiy-pedagogika fanining amaliy faoliyat sohasi sifatidagi rivojida poydevor
bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |