162
“Front kundaligi” asari muallifi, mashhur rumin publitsisti
va yozuvchisi Xarlamb
Zinke ham urush yillarida O’zbekistonga 18 yoshida evakuatsiya qilingan edi. U
Samarqandda kolxozchi Abdurasul Jo’rayev oilasida yashagan.
1944 yil noyabr oyidan Toshkentda ko’chirish markazi faoliyat yuritgan va unda
bolalar uyi rahbarlarining eng yaxshilari navbatchilik qilishgan. Bolalar ko’chirish
markazidagi ishni ham havfsiz edi, deb bo’lmasdi, chunki bolalar haftalab yo’lda bo’lishi
va ular orasida dizenteriya, teri kasalliklari keng tarqalgan edi.
1941 yilning 16 oktyabrida karantin bolalar uyi ochilib, unda bolalar ikki hafta
mobaynida vrachlar nazorati ostida bo’lishgan va faqat keyin statsionar bolalar uylariga
jo’natilganlar. Bu yillarda patronat-ko’chirib keltirilgan bolalarni tarbiya qilishga olish
keng tarqaldi. Masalan, leningradlik qizaloq-Fainani Usmon YUsupov va uning xotini
YUliyey Stepanenko tomonidan olinishi birinchi voqealardan bo’ldi. Barchaga
toshkentlik temirchi SHoahmad SHomahmudov va uning xotini Bahrialning jasorati
ma’lum. Ular turli millatdagi 14 bolani o’z oilalariga qabul qilishgan.
Viloyat va tuman bolalar uylarini tekshirish va
yordam berish uchun maxsus
vakillar jo’natilgan. Ulardan biri sevimli aktrisamiz-Sora Eshonto’rayevadir.
Toshkentdagi 110 sonli maktab to’rtta ko’chirib keltirilgan bolani qabul qilishdi va
ularga alohida xona ajratishdi. Evakuatsiya qilingan bolalarni o’qitish bo’yicha ham
choralar ko’rila boshlandi.
1944-1945 yillarda ko’r va kar bolalar uchun maxsus sinflar tashkil qilindi. 1942 yil
avgustda “Pravda” gazetasida A.Tolstoyning O’zbekistondagi ta’ssurotlari haqidagi
maqolasi e’lon qilindi.
Urush davri mobaynida bolalar uylari tarmog’i va ulardagi tarbiyalanuvchilar soni
muttasil oshib borardi. 1945 yil oxirida respublikada 267 ta bolalar uyi mavjud bo’lib,
ularda 30792 tarbiyalanuvchi bo’lgan.
Harbiy davrda davlat va jamoat tuzilmalarining katta harakatlari bolalarning
maktabda o’qishlarini ta’minlashga qaratilgan edi. Xalq ta’limi bo’limlari nafaqat o’quv
jarayonini boshqarishgan, balki maktablarning frontdagilar, ularning oilalari, ko’chirib
keltirilgan bolalarga kerakli yordamlarni ham tashkil qilishgan. 1942 yildan boshlab
shahar va qishloq maktablari oilalar va frontchilarga yordam ko’rsaishgan.
Ularga issiq
ovqat, darsliklar, daftarlar, kiyim-kechak berilgan. 76, 165 sonli maktablarning
o’quvchilari kasal bo’lgan sinfdoshlar va ularning oila a’zolari-onalari, buvilariga
yordam berishgan va tushlik tayyorlashgan, oziq-ovqat va yoqilgi olib kelishgan, yosh
go’daklarga qarab turishgan.
Toshkentning 50 sonli maktabi yaxshi tashabbus bilan chiqdi. YA’ni 1943 yildan
boshlab 150 kishilik bolalar dam olish maskani tashkil qilindi. Bu maskanda
boshlang’ich sinf bolalari soat 19:00 gacha qolishardi.
Bolalar bu yerda gigenik
talabalarga javob beruvchi, yuqori sifatli tushlik bilan ta’minlanishgan, o’qituvchilar
nazorati ostida dars tayyorlashgan, sayr qilishgan.
Urushgacha bo’lgan davrda O’zbekistonda maktabdan tashqari muassasalar,
shuningdek to’garak, ma’ruza, mavzuli kechalar keng tarqaldi. Badiiy ijod uylari va
saroylarida turli turdagi badiiy, mehnat, vatanparvarlik, estetik va jismoniy tarbiya
amalga oshirilgan. Maktabdan tashqari bolalar muassasalariga jiddiy qiyinchiliklarni
yengishga to’g’ri keldi. CHunki ularning aksariyati o’z binolarini ko’chirib keltirilgan
qilingan tashkilot, korxonalarga yotoqxona qilib bergan edi. Boshqa ba’zi maktablardan
tashqari muassasalar yopilgan edi. Urush davrida faoliyat
yuritgan muassasalar ishni
qayta qurishda ko’p ijodiy tashabbus ko’rsatishgan.
163
Agar urushgacha maktabdan tashqari muassasalarda ko’proq bolalarning badiiy
tarbiyasiga bog’liq to’garaklar ochilgan bo’lsa, urush yillarida esa aviamodelchilar, yosh
tabiatshunoslar, texniklar, fizik va ximiklar to’garaklari soni ko’paydi. Bunday
to’garaklarda ishlash bolalarning va o’smirlarning texnik qobiliyatlarini oshirdi va ularda
turli mehnat sohalarida ko’nikmalar paydo qildi.
O’zbekiston bolalarini badiiy tarbiyalash markaziy uyining 1942 yil bolalar
rasmlarining ko’rgazmasini tashkil qilish bo’yicha tashabbusi. Rasmlardan urush
dahshatlari bilan to’qnash kelgan bolalarning taassurotlari joy olgan edi. 400 ta eng
yaxshi rasm katta muvaffaqiyat bilan Moskvada ham namoyish qilingan, keyinchalik esa
Amerika rassomlarining iltimosiga ko’ra Nyu-Yorkdagi ko’rgazmada ishtirok etgan.
Urush yakunlanganidan so’ng ko’pgina ko’chirib keltirilgan qilingan bolalar
oilalariga qaytishgan. Bu davrda bolalar uylari tarbiyalanuvchilari sonining kamayishi
kuzatildi.
1956 da O’zbekiston hukumati jamoatchilikning keng yordami bilan birinchi oltita
internat-maktabni ochdi: 2
tasi Toshkentda, qolganlari YAngiyo’l, Farg’ona, Qo’qon,
Xivada edi. 1962 yilda maktab-internatlar soni 119 taga ko’paydi va o’zida 38000 ta
tarbiyalanuvchini yig’di. Maktab-internatlar yangi turdagi o’quv-tarbiya muassasalari
bo’lib, unda bolalarning o’qishi va rivojlanishi uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilgan.
Bunaqa muassasalar faoliyatining asosiy yo’nalish turlari axloqiy, estetik, jismoniy
tarbiya, mehnat ko’nikmalarini paydo qilish, hayot bilan aloqani amalga oshirish bo’lgan.
Keyinroq respublikada yangi maxsus maktab-internatlar: Glier nomidagi musiqa maktabi,
san’at maktabi, sport maktabi ochildi. Bundan tashqari aqliy va jismoniy nogiron bolalar
uchun ham maktab-internatlar tashkil etildi. 60-yillar boshqa turdagi tarbiya
muassasalari: bolalar bog’chasi, yaslilarning rivojlanishi kuzatildi. Biroq bu
muassasalarning faoliyat yuritishiga qaramay, bunday maktablarning ilg’or tajribasi
matbuot va pedagogik nashrlarda yoritilmagan. Natijada respublika ijtimoiy pedagogik
fani bugungi kunda nihoyatda qashshoq nazariy va amaliy bazaga asoslanadi.
XX asrning 70-yillari
oxirida yoshlarning, ayniqsa o’smirlarning deviant axloqi
keskinlashdi. XX asrning 80-yillarida alkogolizm, narkomaniya va taksiomaniyaga
qarshi kurash va profilaktika muammolari haqida masala ko’ndalang qo’yildi. SHunisi
e’tiborliki, bunaqa muammolarning paydo bo’lishi va tarqalishi maktabning oila bilan
munosabatida bir qator muammolarni keltirib chiqardi.
O’quvchilarning ijtimoiy va kasbiy ko’nikmalarini hosil qilish ta’minlash
shakllaridan biri o’quv-ishlab chiqarish korxonalarining tashkil qilinishi bo’ldi. Unda
bolalar turli kasblarga o’qitilgan. Bunga misol qilib Toshkentdagi 210-TTZ ishlab
chiqarish korxonasini keltirish mumkin.
Maktab faoliyati va bolalarni himoyalashning ijtimoiy- pedagogik asoslaribilan
birga, maktabgacha tarbiya yo’nalishi ham rivojlanib kelgan.
Dostları ilə paylaş: