Laboratoriyada ishlashga qo‘yiladigan umumiy talablar Labaratoriya xonalari qurilish va sanitariya me’yorlari va qoidalari talablariga javob berishi lozim. Umumiy oqma-so‘rma ventilatsiyadan tashqari, laboratoriya xonalari havo tortuvchi moslamalar (javonlar) yoki havoni so‘rib olish uchun ventilatsiya qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Laboratoriya xodimlari qo‘llanilayotgan kimyoviy moddalar, materiallarning yong‘in jihatidan xavflilik darajasini bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari shart.
. "Metrologiya va metrologik ta’minot" – o‘lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ilmiy, texnik va normativ-usuliy asoslar sohasi. Xalq xo‘jaligi uchun ushbu ixtisoslik ilmiy va texnik muammolarining yangiligi va ahamiyati yangi o‘lchash usul va vositalarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish, o‘lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta’minlashga qaratilgan yangi ilmiy asoslangan tashkiliy va usuliy muammolarni hal qilish, shuningdek ishonchsiz o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va istisno qilishdan iborat. Mahsulot (xizmatlar) va texnologik jarayonlar, korxona va sinov laboratoriyalarining asbob-uskunalari, o‘lchov, sinov va tekshiruv usul va vositalari, normativ hujjatlar, ilmiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy va ekologik faoliyatni metrologik ta’minlash tizimlari professional faoliyat ob’ektlari hisoblana