Chekinishning (og`ishning) turlari. Me'yorlardan chekinishning to`rtta turi mavjud. Bular: jismoniy, psixik, pedagogik va
ijtimoiy.
1.
Jismoniy chekinish birinchi navbatda insonning sog`ligi bilan bog`liq bo`lib,
tibbiy ko`rsatkichlar orqali belgilanadi. Bularga insonning bo`yi, vazni kabilar kirishi
mumkin. Bundan tashqari biron bir faoliyat yuritishda imkoniyatlari cheklangan, ya'ni
sog`ligi tufayli o`z qobiliyatini yo`qotgan, defekti bor insonlar hamda nogironlar shular
jumlasidandir. Bola jismoniy rivojlanishidagi og’ishlarga kasallik, ko’rish, eshitish
qobiliyatlarining buzilishlari kiradi. Sog’ligida va rivojlanishida og’ishga moyillarning
ko’p tasniflari mavjud. Umumjahon sog’liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda cheklangan
imkoniyatlarning uch zvenosi shkalasining britancha variantini qabul qildi:
kasallik, xastalik - ruhiy yoki fiziologik funksiyalar, anatomik struktura
elementlarini har qanday yo’qotish yoki ularning anomaliyasi;
cheklangan imkoniyat - inson uchun norma hisoblangan chegarada biror-bir
faoliyatni bajarish qobiliyatini yoqotish yoki cheklab qo’yish;
nogironlik - yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib insonning biron-bir
faoliyatini bajarishni cheklovchi yoki unga to’sqinlik qiluvchi cheklangan
imkoniyat.
Bunda “kamchilik” tushunchasi qo`llanadi. Insonlarda jismoniy, psixik, murakkab
hamda og`ir kamchiliklar bo`lishi mumkin. Jismoniy kamchilikka insonning
rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy kamchiliklar kiradi. Ya'ni xronologik, somatik
yoki yuqimli kasalliklar shular jumlasidandir.
Psixik kamchilik insonning psixik rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy
kamchiliklar bo`lib u ta'lim olishda ma'lum qiyinchliklarni vujudga keltirishi mumkin.
Unga nutqning buzilishi, miyaning zararlanishi kabilar kiradi.
Murakkab kamchilik qam jismoniy va psixik kamchiliklarni o`z ichiga oladi.
Og`ir kamchilik- bu Davlat ta'lim standarlari asosida ta'lim olishga layoqatsiz
jismoniy va psixik kamchiliklarning yuqori darajasidadir.