B) Madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi. Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipining davomidir. Uning
zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudod sifatida tug`iladi,
shaxs bo’lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida
o’tadigan o’zini tutish ijtimoiy tajribani o’zlashtirib yetishadi. Antik jamiyatdagi faylasuf
va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o’rtasidagi chuqur bog’liqlikni tahlil
qilganlar. SHu narsaga SHarq Uyg`onish davri mutafakirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino,
Navoiy ham o’z asarlarida ham to`xtalganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs
madaniyat orqali shaklanadi, har qanday madaniyat asosi, boyligi esa insondir.
Madaniyat yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir.
Madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (X1X asr) tomonidan
ilgari surilgan. Uning fikricha bolani tarbiyalash jarayonida uning tug`ilgan joyi, shart-
shariti, bir so’z bilan aytganda, uni o`rab turgan madaniy jihatlar e’tibordan chetda
qolmasligi lozim.
Butun insoniyat har bir halk va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum
bir pog`onasida turadi.
Agar bola o’z me’yorida rivojlangan bo’lsa, u o’sha jamiyat madagniyatini
o’zlashtiradi, yaeni jamiyat bilan integratsiyaga kirishadi. SHu bilan uning o’zi ham
o’sha madaniyatning yaratuvchisiga aylanadi. Bu tamoyilga ko’ra bolalarning
madaniyatini rivojlanishidagi chekinishlarni hisobga olish hamda ularning ijodkorligini
oshirish talab etiladi.
S) Insonparvarlik tamoyili. J. Piaje, K.Rodjers, V.Suxomlinskiy kabi olimlarning fikricha, insonning mohiyati
faqatgina biologik va ijtimoiy jihatlardan iborat emas. U ma’naviy munosabatlar bilan
to’la. Gumanistik tarbiyaning ideali ham tomonlama rivojlangan shaxsdir. Ijtimoiy
pedagogning vazifasi faqatgina bolalarni sevish emas, ularga ota-onalari, aka-ukalari,
opa-singillari, do’stlari va atrofdagi insonlarni sevishni o’rgatishdan iboratdir.
Insonparvarlik g’oyasi ijtimoiy pedagog uchun juda muhim, ayniqsa, rivojlanishida
cheklanishlar paydo bo’lgan bolalar uchun bu tamoyil muhim ahamiyatga ega.
Insonparvarlik tamoyiliga ko’ra:
-
qanday sharoitda yashashidan qat’iy nazar jamiyatdagi barcha insonlarga
hurmat bilan munosabatda bo’lish;
-
“Mening o’zim hal qilaman” pozitsiyasini tanlashga, o’z muammolarini o’zi hal
etishga o’rgatish va yordam berish;
-
Bolalarga yordam berishni ularga ayanch hissi bilan emas, balki ularning
jamiyatga kirishishiga yordam berish asosida bildirish talab etiladi