1. Tayyorlov -muassasaga kirishlarida tanishish bolalar, bola hayoti muhitining omillari,
aloqalar o’rnatish, ijtimoiy tashhizi, shaxsning pedagogik imkoniyatlari bilan tanishish,
shahar (tuman) muassasalari bilan aloqalar o’rnatiladi, bolalar kartatekasi tuziladi,
ishning qisqacha taxlili beriladi.
Tadqiqot usullari
Psixologik test o’tkazish:
a) “maktab ta’limiga ko’nikish” anketasi
b) ruhiy sholatlarning tashhiz qilinishi
v) bolaning muhitga ko’nikishiga muassasa ta’sirini aniqlash maqsadida kuzatuv olib
borish, intervyu olish
Anketa so’rovnovnomasi o’tkazish:
a) insho-bolaning ijodiy qiziqishini aniqlash uchun (adabiyot o’qituvchisi o’tkazadi)
b) qizishlarini so’rab bilish
v) kasbiy qiziqish bo’yicha anketa
2. Tashkiliy -muammolarni tasniflash, ularni tahlil qilish. ijtimoiy pedagog o’z
faoliyatining ustuvor yo’nalishlarini, ijtimoiy ijod shakllarini aniqlaydi, ishda ijtimoiy
institutlarni (oila, maktab, yoshlar tashkilotlari, sog’lomlashtirish muassasalari, armiya,
ijtimoiy xizmatlar) tartibga soladigan ijtimoiy yordamchilar tarkibini tuzadi, ta’lim,
sog’liq, dam olish payti muammolari bilan shug’ullanuvchi tashkilot, to’garaklar
imkoniyatlarini o’rganadi, ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar natijalarini tizimlashtiradi.
3. Bevosita ijtimoiy ish -kuzatuv, g’amxo’rlik, maslahat berish, bola huquqlarini
himoya qilishga yordam berish, murakkab vaziyatlarning tahlili.
Ish shakllari: 1. Tarbiyalanuvchisi uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
2. Bola ijtimoiylashuvi dinamikasini kuzatuv xaritasi orqali kuzatish.
Vositalar -predmetlar, hodisalar, jarayonlar.
Bolalar uyi sharoitlarida ijtimoiy adaptatsiya quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-jamoa hayoti normalarini ongli ravishda qabul qilish va bajarish,
-xulq-atvorini o’zi nazorat qilish, salbiy hodisalarga qarshilik ko’rsatish,
-pedagogik ta’sirlarga adekvant munosabatda bo’lish.
ijtimoiy pedagog faoliyatining bu umumiy qoidalari bolalar uyi turi, bolalarning
yoshi, ularning tabiiy-ijtimoiypsixologik-pedagogik muammolariga qarab konkretlashadi.
Psixologlar bilan birgalikda ijtimoiy pedagog bitiruvchilarning o’z-o’zini belgilab
olishlari (kasb-hunar to’g’risida suhbatlar, korxonalarga ekskursiyalar, professional
ta’lim olish to’g’risida suhbatlar), insonning jamiyatdagi turli ijtimoiy rollarini
o’zlashtirishlari (vatanparvar, oila a’zosi, jamiyat a’zosi, iste’molchi, professional va
boshqa), oila funksiyalari va tuzilishi bilan tanishishlari, adaptiv mexanizmlarning
shakllanishi muammolari bilan shug’ullanishadi. Bolalar uyidagi murakkab tarbiyaviy
jarayon tarbiyachilardan nafaqat bugungi vazifalarni, balki ham bolaning ham jamoaning
rivojlanish tendensiyalarini o’zlashtirishni talab qiladi.