Pedagogik tashhiz- o’quvchi va o’quvchilar jamoasi shaxsiyatini ta’lim-tarbiya jarayoniga
indeaidual va differensial yondoshuvni ta’minlash uchun o’rganish.
Pedagogik texnologiya- ta’lim-tarbiyaning pedagogik samaradorligini oshiruvchi omillar
tahlili orqali optimallashuvi jarayonidir. Pedagogik texnologiya bolalarni natijaviy
qilib tarbiyalash, ta’lim berish va rivojlantirishga yordam beradi. Pedagogik
texnologiyalarning asosiy belgilari natijalilik, algoritm mavjudligi, iqtisod,
loyihalashtirish, butunlik va boshqarish hisoblanadi. Bu pedagogik texnologiyalar
ish samaradorligini oshirishi, har qanday sharoitlarda qo’llaniladi, bir-biri bilan
bog’liq aniq ifodalangan bosqichlarga egaligidan dalolat beradi.
Pedagogik qarovsizlik- shaxs rivojlanishiga barcha omillar majmuasining dezintegratsiya
ta’siri oqibati. Ular avvalambor to’laqonli individual-psixologik rivojlanishni
ta’minlovchi yetakchi faoliyat turlarini qoniqarsiz o’zlashtirishda namoyon
bo’ladi.
Professional ijtimoiy pedagogik faoliyat- bolalar va o’smirlarni o’rab turuvchi
mikrojamiyatda ijtimoiy tarbiyasi bo’yicha bosqichma-bosqich ish olib borish
bo’lib, bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasi,
individuallashuvi
va
integratsiyasiga qaratilgan. Uning ob’ekti bola hisoblanib, predmeti-bolalarning
ijtimoiy tarbiyasi jarayonidir.
Rahmdillik- kimgadir yordam berishga tayyor bo’lish yoki kimnidir hamdardlik,
insonparvarlik tufayli kechirish.
Reabilitatsiya- bemorning psixofizik imkoniyatlari doirasida normal mehnat va hayotga
qaytishi. Bu avvalambor tibbiyot yordamidan insonning jismoniy nuqsonlarini
124
bartaraf etish, ikkinchidan maxsus o’quv metodlarini qo’llash, uchinchidan
professional tayyorganrlik asosida erishiladi.