Rasmiy lider liderlikka saylangan yoki tayinlangan lider bo`lib, ushbu jamoaning faoliyatiga rasman javobgar hisoblanadi.
Norasmiy lider - rasmiy liderlik mavqeini egallamaganligiga qaramay, ko`pchilik tomonidan e’tirof etilgan, obro`ga ega bo`lgan lider.
D
Liderlar o`rtasida o`zaro munosabatlar jamoadagi psixologik iqlimning muhim tomonidir. Bundan tashqari jamoaning psixologik iqlimiga jamoa a’zolari o`rtasidagi giaxslararo munosabatlar ham katta ta’sir ko`rsatadi. Bunda jamoa a’zolari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarnnng qanchalik chuqur bo`lishi muhim rol o`ynaydi.
emak, ayni bir jamoada bir necha lider mavjud bo`lishi mumkin. Agar jamoada liderlar ko`p bo`lsa, bu ijobiy holat. Lekin bunda liderlarning axloqiy normalari bir-biriga zid kelmasligi lozim. Liderlarning turli-tumanligi jamoa hayotining turlicha bo`liilini ta’minlaydi.
Bu jihatdan o`zaro munosabatlarnnng 3 xil darajasini ajratib ko`rsatish mumkin.
Jamoadagi normal psixologik iqlimni belgilovchi bevosita ko`rsatkichlar ham mavjud.
J amoadagi erkinlik atmosferasi.
Muloqot turli shakllarining mavjudligi.
Umumiy maksadni tushunish va unga erishishga intilish.
Fikr-mulohazalarni ochiqchasiga aytish imkoniyatining mavjudligi.
Tanqid qilish erkinligi. Nizolarning ham mavjud bo`lishi.
Jamoa a’zolari o`rtasida vazifalarning to`g`ri taqsimlanishi.
Boshliqning norasmiy o`rtasida vazifalarning to`gri taqsimlanishi.
Xodimlar qo`nimsizligining kamligi.
Bulardan tashqari jamoaning psixologik iqlimiga bir qancha omillar ta’sir ko`rsatishi mumkin.
O`quvchi, talabalar jamoasidagi ma’naviy psixologik iqlimning tashqilotchisi – o`qituvchi, guruh rahbari hisoblanadi. Har bir guruh rahbari jamoada normal psixologik iqlimni yaratish uchun unga ta’sir etuvchi omillarni yaxshi bilishi zarur. Chunki yaxshi tashkil etilgan jamoada normal psixologik iqlim mavjud bo`lganda guruh a`zolarining o`zlashtirishi, tartib-intizomni saqlashi ham yaxshi yo`lga qo`yiladi.
Guruh va jamoalardagi shaxslararo muiosabatlarni o`rganishda kuzatish, eksperiment, turli xil suhbat me’yorlaridan foydalaniladi. Shaxslararo munosabatlari o`rganishish metodlaridan yana biri - sotsiometriya metodidir.
Bu metodning mohiyati shundan iboratki, inson u yoki bu ko`rsatkich bo`yicha guruh a’zolarini tanlaydi. Qilingan tanlashlar asosida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan o`rni haqida xulosa chiqaradi.
Demak, sotsiometriya metodi yordamida guruh a’zolari o`rtasidagi simpatiya yoki antipatiyani aniqlash mumkin, sotsiometriya metodni operativ tarzda o`tkazish, uning natijalarini esa matematik ravishda qayta ishlash va grafik tarzda ifodalash mumkin.
Sotsiometriya tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning ba’zi kamchiliklarining ham ko`rsatib o`tish zarur. Asosiy kamchsilik shundan iboratki, sotsiometriya metodi mavjud munosabatlar tuzilishining sabablarini imkonini bermaydi. Shuning uchun ham sotsiometriyadan olingan ma’lumotlar kuzatish, suhbat, psixologo-pedagogik eksperiment natijalari bilan to`ldirilishi lozim.
Sotsiometriya metodidan guruh jamoa a’zolari o`zaro bir-birlarini yaxshi bilgan holatlardagina, rasmiy ish yuzasidan bo`ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o`rnini aniqlash, birlamchi guruhlar mavjudligi yoki mavjud emasligini topish, birlamchi guruhlarning paydo bo`lish va tarqab ketish sabablarini aniqlash mumkin!
Sotsiometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiriluvchiga birga qilinadigan ishlar yoki guruh a’zolarning ishlarini birgalikda bajarishga hohishlari to`grisida savollar beriladi. Beriladigan savollar tanlash ko`rsatkichlari deyiladi. Kuchli va kuchsiz ko`rsatkichlar farqlanadi. Kuchlilari chuqur va barqaror munosabatlari, kuchsizlari esa yuzaki va beqaror munosabatlarni aniqlashga imkon yaratadi.
Kuchli va kuchsiz ko`rsatkichlar mazmun jihatdan turlicha bo`lishi mumkin, lekin ulardagi umumiy narsa-natija, ya’ni sherik tanlashdir.
Sotsiometrik tadqiqotdan olingan malumotlar asosiy sotsiogrammalar tuziladi. Agar guruh a’zolari soni 20 tadan ko`p bo`lsa, sotsiometrik matritsa tuzish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, natijalarni grafik ravishda, zanjir, uchburchak yoki yulduzcha shaklida ham ifodalash mumkin. Shunday qilib, sotsiometriya metodi ob’ektiv va aniq malumotlar, ya’ni shaxsning guruh yoki jamoadagi real holatini aks ettiruvchi ma’lumotlar olishga imkon beradi va amaliy maqsadlarda foydalanishi mumkin.