O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti boshlang`ich ta’lim uslubiyoti fakulteti


Dominant va tobe toifali shaxslar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə28/34
tarix27.09.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#149694
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
\'ruza matn

Dominant va tobe toifali shaxslar
Dominant tip muloqot jarayonida sira ham boshqalardan past kelishni xohlamaydi, savol berilsa, xohlasa javob beradi, bo’lmasa, indamasligi ham mumkin. U doimo suhbatdoshga ta’sir ko’rsatishi, uning bo’ysunishini xohlaydi. Unda egoizm hissi kuchli, o’zi xato fikr yuritsa, xatoligini suhbatdosh sezsa ham uni bo’yniga olmaydi. Dominant tip — qatiyatli. Suhbat davomida u sizning fikringizni yarim yo’lda tushunsa, sizni oxirigacha tinglashni istamaydi, gapni bo’lib, mayinlik bilan gapni tugatib qo’yishi mumkin. Agar ikkala suhbatdosh ham dominant bo’lishsa, unda ular o’rtasida osongina raqobat hissi yuzaga chiqishi, kelishmay qolishlari mumkin. Shuning uchun janjallashib qolmaslik uchun dominant shaxsning mustaqilligi, dadilligiga ko’nish, unga o’z nuqtai nazarini oxirigacha bayon etish imkoniyatini berish lozim.
T obe tipli shaxs esa suhbatdoshning qarashlariga moslashadi, doimo yon berishga tayyor, shuning uchun u kam janjallashadi, lekin yomon ko’rib qolgan odami bilan umuman gaplashmaydi. Suhbat sharoitidagina u asta-sekin o’zining dadilligini ko’rsatishi, ochiq gaplashishi, ba’zan e’tirozlar bildirishi mumkin. Tobe shaxsli bolalarni rag’batlantirish maqsadga muvofiqdir, shuning uchun ham ularni maqtab turish, gapirayotganda ko’zlar, yuz ifodalari bilan ularni ruhan qo’llab turish kerak. Biror qarorga kelish kerak bo’lib qolsa, bu shaxs qarorni yaxshisi siz qabul qilishingizni xohlaydi, chunki javobgarlikni bo’yniga olishni istamaydi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.


1. Shaxsning ijtimoiy mohiyati.
2. Shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
3. Guruhlar va shaxsning taraqqiyoti.
4. Barqaror muhitda shaxs rivojlanishining asosiy bosqichlari
5.Guruhlarning shaxsga ko`rsatadigan ijobiy va salbiy ta’sirlari.

Adabiyotlar.


1. Andreyeva G.N. Sotsialnaya psixologiya. M. 1980.
2. Karimova V.M. Psixologiya. Ma’ruzalar matni. T. 2000.
3. Nemova R.S. Psixologiya 3 tomlik. 1-kitob.
4. Psixologicheskiye issledovaniya sotsialnogo razvitiya lichnosti. M. 1991.
5. Petrovskiy A.V. Sotsialnaya psixologiya. M. 1987



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin