I ntrovert esa ekstrovertning teskarisi. U ko’proq ichki dialog formasidagi muloqotni afzal ko’radi, ya’ni yolg’izlikda mulohaza yuritish, o’zi haqida o’ylash va shunga o’xshaganlar uning uchun asosiy ishdir. Shuning uchun ham unda muloqotga ustanovka juda sust, odamlarning uni tushunmay qolishlaridan doimo xavotirda bo’ladi. Introvert kitoblar olami, falsafiy fikrlashlar qulidir, chunki u odamlar guruhida sodir bo’lib turadigan ziddiyatlardan cho’chiydi, o’zini olib qochadi. Agar muloqotda bo’ladigan bo’lsa, 2—3 kishidan ortiq bo’lmagan guruhni afzal ko’radi. Shunda ham har kuni emas, ba’zan-ba’zan uchrashib turish, gaplashganda ham ''shaxsiy" mavzularda emas, umumiy gaplar haqida suhbatlashishni yaxshi ko’radi. Chunki u ekstrovertdan farq qilib, o’z ''Men"ining boshqalarga o’xshamasligini doimo esda tutadi. Introvert doimiy standartlar, belgilangan normalar olamida yashaydi, qiziqqan narsasi bilan umrini oxirigacha bo’lsa ham shug’ullanishga tayyor, umr yo’ldoshiga sodiq, vafodor. Do’stlarga ham xuddi shunday.
Mobil va rigid toifali shaxslar
B u shaxs tiplari muloqotga kirishish me’zoniga ko’ra farqlanadi. Masalan, mobil tip har qanday ish bilan mashg’ul bo’lgan sharoitda juda tez muloqotga kirishadi, lekin boshqa narsalarga ham diqqatini ko’chirishi mumkin. U tez gapiradi, doimo shoshadi, yuz ifodalari ham tez o’zgaradi. Suhbat mavzusini ham tez-tez o’zgartirib turishga moyil. Gaplashib ketishi qanchalik oson bo’lsa, gapni tugatib, xayrlashib ketishi ham oson. Suhbat tugagandan keyin qolgan ishini davom ettirib ketaveradi.
R igid suhbatdosh esa uning aksi. Bunday shaxs qatiyatli, dadil bo’lsa ham, bir faoliyat turidan ikkinchisiga ko’chishi juda qiyin, u ma’lum muddatni talab qiladi. Chunki u o’ylamasdan tavakkal ish qila olmaydi. Masalan, u xat yozayotgan paytda kirib qolsaniz, to biror bo’lagiga nuqta quymaguncha sizga qaramaydi. Qaragandan keyin esa, tezgina suhbatga kirisha olmaydi. Rigid shaxs juda yaxshi suhbatdosh. Mobil tipdagi suhbatdosh bilan gaplashayotganda u tez-tez gapni bo’lib, suhbatdoshga tashabbusni bergisi kelmaydi, rigid esa juda diqqat bilan tinglaydi. Lekin o’zi gapirganda, sekin, mantiqan to’g’ri gapirishni yaxshi ko’radi, gapini bo’lishlarnni sira istamaydi. Agar suhbatni bo’lsangiz, keyingi safar siz bilan gaplashmay qo’ya qolishni afzal ko’radi. Agar u bilan urishib qolsangiz, ancha vaqtgacha uning jaxli chiqmaydi, sizni oxirigacha eshitib, sekin javob beradi, undagi ranjish, jaxl chiqishi odatda siz ketgandan keyin keladi. Agar uning suhbatdoshi toqatsiz odam bo’lsa, ikkalasining chiqishishi qiyin, chunki u uzoqdan kelib tushuntirishni yaxshi ko’radi. Demak bu tiplar ham har xil, har birida ham yaxshi, ham yomon sifatlar bor.
Dostları ilə paylaş: |