Ularda biz mexanizmlarning kuchdan yutuq berishi haqida gapirib o‗tdik. Qiziq,
Buni qiya tekislik misolida ko‗raylik. Qiya tekislik bo'ylab yukni ko‗tarishda
Bundan yukni qaysi yo‗l bilan yuqoriga olib chiqmaylik, bajarilgan ishlar
richag ishdan yutuq berar? Rasmdan ko'rinadiki, richagning kichik yelkasiga
bo‗ladi (20-rasm).
27
20-rasm
Bajarilgan ish uchun F
1
s
1
= F
2
s
2
yoki A
1
= A
2
. Richag ham boshqa
mexanizm kabi ishdan yutuq bermaydi. Richag qonunini kashf etgandan so‗ng
juda ruhlanib ketgan Arximed «Menga tayanch nuqtasini bering, men Yerni
ko‗taraman» deb aytganligi haqida afsona bor. Nazariy jihatdan olganda juda uzun
yelkali richag bilan Yer og‗irligiga teng kuch hosil qilish mumkin. Lekin
richagning kichik yelkali uchi Yerni 1 sm ga ko‗targanda, katta yelkali uchi
kosmosda shunday katta aylana yoyini o‗tishi kerakki, buning uchun Arximed 1
m/s tezlik bilan yursa, million yil kerak bolar edi!
Xuddi shunday yo‗l bilan ko‗char blok ham ishdan yutuq bermasligini
isbotlash mumkin. Bunda yukni h balandlikka ko‗tarish uchun blokdan o‗tgan
arqon uchini 2h masofaga ko‗tarish zarur bo‗ladi (21-rasm). Ko‗char blokda
kuchdan 2 marta yutuq olinsada, masofadan 2 marta yutqiziladi. Natijada ko‗char
blok ham ishdan yutuq bermaydi.
Shunga o‗xshash yo‗llar bilan boshqa oddiy mexanizmlar ham ishdan yutuq
bermasligini isbotlash mumkin.