Fizika fani VI sinfdan boshlab o`qitila boshlandi. Davlat ta‘lim standartiga
asosan VI sinf fizika kursida tabiatda uchraydigan fizik hodisalar haqida
32
3. Suyuqlik va gazlar (suyuqlikning idish tubiga bulgan bosimi, manometr,
barometr, tutash idishlar. Atmosfera bosimi, Arximed kuchi, suv osti kemasi,
xavoda uchish, stranostatlar).
4. Ish va energiya ish, quvvat, bloklar, polistpastlar, richag, chig`iriq, qiya
tekislik, foydali ish koeffisiyent», energiya, abadiy dvigatellar.
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan kurinib turibdiki, 6-sinf fizika darsida :
o`rganilgan materiallar bir-biridan tubdan farq qilgan. ―Tovush hodisalari",
"Yorug`lik hodisalari‖ nomli boblar umuman o`rganilmagan.
Shuni ta‘kidlab o`tish lozimki, VI sinf o`quvchilari fizika kursini birinchi yil
o`qimoqdalar. VI sinf o`quvchilari fizikaga oid boshlang`ich bilimlarini
tabiatshunoslik, geografiya, botanika kabi fanlarda olgan bo`ladilar. Shularni
e‘tiborga olsak, ularda xodisalarni kuzatish, u xodisalarni modda tuzilishi
nazariyasi asosida taxlil qilib tushuntirishda ma‘lum kunikma va malaka xosil
bulgan.
VI sinfda fizikadan o`quv materiallarini o`rganish vaqtida ko`pgina fizik
hodisalarning sababini tushuntirishda moddaning molekulyar tuzilishi bilan birga
energetik faktorlardan keng foydalanishga to`g`ri keladi.
VI sinfda issiqlik xodisalarini o`rganishda energetik tushunchalar
molekulyar jismlar bilan chambarchas bog`lab olib boriladi.
Bu xol fizika kursiga jismning ichki energiyasi xaqida ancha murakkab
tushunchalarni kiritishga sabab bo`ladi. Issiqlik xodisalariga oid butun ta‘limot
jismning ichki energigsi haqidaga tushuncha bilan chambarchas bog`langan.
Bunday tushunchalarni fizikaning elektr bo`limini o`rganishda ham uchratamiz.
Shuni ta‘kidlab o`tish lozimki, VI sinfda fizikani o`rganishga 68 soat vaqt
ajratilgan bo`lib, soatlar taqsimoti quyidagicha, ya‘ni:
33
1- jadval
Kirish
4
Modda tuzilishi
7
Mexanik xodisalar
19
Oddiy mexanizmlar
6
Yorug`lik xodisalari
12
Issiqlik hodisalari
11
Tovush hodisalari
6
Ekskursiya
2
Takrorlash
1
Jami:
68
Birinchi bosqich fizika kursida molekulyar-kinetik va elektron nazariya
elementlarini kiritilishi issiqlik hamda elektr xodisalarining sababini tushuntirishda
keng foydalanilishini, fizika kursini xozirgi zamon talablariga yaqinlashtirishga
imkon berishini ta‘kidlash lozim Shuningdek, 6-9 sinf fizika darslari
eksperimentga asoslangan bo`lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: