Ota: – Shunday!
O`g`il: – Men ularning ukasi
Qanday bo„lishim kerak?
Vatan ishiga tayyor –
Bo„lib turishim kerak.
Shundaymi?
Ota: – Shunday!
O`g`il: – Vatanimni, xalqimni
Ko„z qoramdek asrayman.
Askar akamga o„xhsab
El ishonchin oqlayman.
Shundaymi?
Ota: – Shunday!
Ofarin ota o„g„il,
Tilginangga bol, shakar.
Sen ham ulg„ayib bir kun,
Bo„lasan botir askar.
O„quvchilar ota va o„g„ilchaga guldasta taqdim qiladilar.
Sahnaga o„g`il bolalar harbiy kiyimda chiqib, Safar Barnoyev so„zi,
Sayfi Jalil musiqasi asosida yaratilgan “Yosh askarlar qo„shig„i”ni
musiqa jo„rligida ijro etadi.
1-suxandon: – Ko„pchilik harbiy bo„lishni orzu qiladi. Ular, albatta,
jismonan chiniqqan, baquvvat bo„lishlari shart. Buning uchun yigitlar
yoshlikdan sport bilan shug„ullanishlari lozim.
Sahnaga musiqa sadosida turli musobaqalarda g„olib bo„lgan
yosh sportchilar chiqib, o„zlari shug„ullanadigan sport turiga oid
mashqlardan ko„rsatadilar.
Dostları ilə paylaş: |