O„zbеkiston rеspublikasi xalq ta‟limi vazirligi navoiy viloyat xalq ta‟limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix02.01.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#37834
1   2   3   4   5   6   7   8
14-yan

2-suxandon:  –  Shuningdek,  ular  chiroyli  husnixatga  ega  va  savodli 

bo„lishlari kerak.  



Sahnaga  bir  necha  o„g„il  bolalar  taklif  etilib,  ular  oldingan  tayyorlab 

qo„yilgan  joylarga  o„tirishadi.  Besh  daqiqa  vaqt  ichida  ular  chiroyli  va 

mazmunli  qilib  o„z  yaqinlaridan  biriga  xat  yozadilar.  Yozilgan  maktublar 

yig„ib  olinib,  hakamlar  hay‟ati  tomonidan  tekshirillib,  g„oliblar 

rag„batlantiriladi.  


1-suxandon:  –  Bo„lajak  harbiylar  chaqqon,  tezkor  ham  bo„lmoqlari 

darkor.  

Sahnaga  bir  necha  o„g„il  bolalar  taklif  etilib,  ularga  galstuk  beriladi. 

Yigirma  soniyada  kimda-kim  ko„zguga  qarab  bo„yniga  galstukni  taqaolsa, 

g„olib bo„ladi.  

2-suxandon:  –  Albatta,  ular  ilmli,  bilimdon  va  hozirjavob  bo„lishlari 

zarur. 


Sahnaga  bir  necha  o„g„il  bolalar  taklif  etiladi.  O„qituvchi  har  bir 

o„quvchiga  navbatma-navbat  savol  beradi,  o„quvchi  o„sha  onda  javob 

berishi  kerak.  Javob  bera  olmasa  tomoshabinlardan  yoki  yonidagi 

o„rtog„idan biri javob berishi mumkin. 

Ustoz: – Vatanparvarlik qanday tuyg„u? 

O„quvchilardan biri: – Vatanparvarlik ota-bobolardan qolgan zaminni 

sevish,  xalq  urf-odatlarini,  qadriyatlarini  asrash  va  rivojlantirish,  o„z  ona-

Vatanini  dushmanlardan,  yot  va  begona  g„oyalardan  himoya  qilish,  uning 

ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslikdir. 



2-o„quvchi:  –  Ba‟zida  vatanparvarlik  qahramonlik  bilan  egiz  bo„ladi. 

Mustaqil  ona-Vatanimiz  sarhadlarini  yovuz  niyatli  kimsalardan  himoya 

qilishda  mardlik  va  jasorat  ko„rsatib,  qahramonlarcha  halok  bo„lgan  botir 

yigitlarning  jasorati  yuksak  insoniy  fazilatdir.  Ularning  nomlarini  hech 

qachon  Vatan,  xalq  unutmaydi.  Ular  yurtimiz  tinchligini  hamma  narsadan 

aziz  bilib,  o„zlarini  fido  qildilar.  Ularning  buyuk  jasorati  biz  –  yoshlarga 

bebaho ibratdir.  

Ustoz:  –  Juda  to„g„ri.  Demak,  bolajonlar  nafaqat  harbiyar,  balki  har 

birimiz vatanparvar bo„lishimiz kerak.  



To„g„ri va mazmunli javob bergan o„quvchilar e‟tirof etiladi. 

Zal bo„ylab dilrabo kuy taraladi.  

Tadbir  yakunida  ustozning  so„zi:  –  Tinchlik  eng  oliy  va  bebaho 

ne‟matdir. Tinch yurtda yuksalish va bunyodkorlik rivoj topadi.  

Azizlar, ona-Vatan tinchligini asrash yo„lida o„z hissamizni qo„shish, har 

birimizning insoniy va muqaddas burchimizdir.  

Prezidentimiz  ta‟kidlaganidek,  Vatanimiz  sarhadlarining  mudofaasi  va 

himoyasi, xalqimizning tinch mehnati va osoyishtaligini ta‟minlash ishonchli 

qo„llarda  ekan,  vatanparvar  himoyachilarimiz  baxtimizga  hamisha  omon 

bo„lsin.  Yurtimizda  tinchlik  abadiy  hukm  sursin!  Bayramingiz  qutlug„ 

bo„lsin!  

 Tadbir  ishtirokchilari  va  bir  o„quvhchi  Zulfiya  Mo„minova  so„zi, 

Shuhrat Dadajonov musiqasi asosida yaratilgan “Vatan” qo„shig„ini  musiqa  

jo„rligida  ijro  etadilar.  



14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‟ishlangan 

“Mardlar qo‟riqlaydi Vatanni” deb nomlangan tadbirdan 

lavhalar 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin