1-suxandon: – Bo„lajak harbiylar chaqqon, tezkor ham bo„lmoqlari
darkor.
Sahnaga bir necha o„g„il bolalar taklif etilib, ularga galstuk beriladi.
Yigirma soniyada kimda-kim ko„zguga qarab bo„yniga galstukni taqaolsa,
g„olib bo„ladi.
2-suxandon: – Albatta, ular ilmli, bilimdon va hozirjavob bo„lishlari
zarur.
Sahnaga bir necha o„g„il bolalar taklif etiladi. O„qituvchi har bir
o„qu
vchiga navbatma-navbat savol beradi, o„quvchi o„sha onda javob
berishi kerak. Javob bera olmasa tomoshabinlardan yoki yonidagi
o„rtog„idan biri javob berishi mumkin.
Ustoz: – Vatanparvarlik qanday tuyg„u?
O„quvchilardan biri: – Vatanparvarlik ota-bobolardan qolgan zaminni
sevish, xalq urf-odatlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, o„z ona-
Vatanini dushmanlardan, yot va begona g„oyalardan himoya qilish, uning
ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslikdir.
2-o„quvchi: – Ba‟zida vatanparvarlik qahramonlik bilan egiz bo„ladi.
Mustaqil ona-Vatanimiz sarhadlarini yovuz niyatli kimsalardan himoya
qilishda mardlik va jasorat ko„rsatib, qahramonlarcha halok bo„lgan botir
yigitlarning jasorati yuksak insoniy fazilatdir. Ularning nomlarini hech
qachon Vatan, xalq unutmaydi. Ular yurtimiz tinchligini hamma narsadan
aziz bilib, o„zlarini fido qildilar. Ularning buyuk jasorati biz – yoshlarga
bebaho ibratdir.
Ustoz: – Juda to„g„ri. Demak, bolajonlar nafaqat harbiyar, balki har
birimiz vatanparvar bo„lishimiz kerak.
To„g„ri va mazmunli javob bergan o„quvchilar e‟tirof etiladi.
Zal bo„ylab dilrabo kuy taraladi.
Tadbir yakunida ustozning so„zi: – Tinchlik eng oliy va bebaho
ne‟matdir. Tinch yurtda yuksalish va bunyodkorlik rivoj topadi.
Azizlar, ona-Vatan tinchligini asrash yo„lida o„z hissamizni qo„shish, har
birimizning insoniy va muqaddas burchimizdir.
Prezidentimiz ta‟kidlaganidek, Vatanimiz sarhadlarining mudofaasi va
himoyasi, xalqimizning tinch mehnati va osoyishtaligini ta‟minlash ishonchli
qo„llarda ekan, vatanparvar himoyachilarimiz baxtimizga hamisha omon
bo„lsin. Yurtimizda tinchlik abadiy hukm sursin! Bayramingiz qutlug„
bo„lsin!
Tadbir ishtirokchilari va bir o„quvhchi Zulfiya Mo„minova so„zi,
Shuhrat Dadajonov musiqasi asosida yaratilgan “Vatan” qo„shig„ini musiqa
jo„rligida ijro etadilar.