O„zbеkiston rеspublikasi xalq ta‟limi vazirligi navoiy viloyat xalq ta‟limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix02.01.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#37834
1   2   3   4   5   6   7   8
14-yan

Harbiy  askar:  –    Davlatimiz  tomonidan  muddatli  harbiy  xizmatni 

o„tayotgan  askarlarga  ko„pgina  imtiyozlar  berilgan.  Jumladan,  namunali 

xulqi,  intellektual  salohiyati,  astoydil  xizmati  bilan  boshqlarga  o„rnak 

bo„lgan  askarlarga  oliy  o„quv  yurtlariga  kirishlari  uchun  tavsiyanomalar 

beriladi.  Bunda  ular  oliy  ta‟lim  muassalariga  kirish  uchun  yig„iladigan 

maksimal  ballning  25  foizi,  ya‟ni  56,7  balliga  imtiyozli  ravishda  ega 

bo„ladilar. Bu esa Yurtboshimiz tomonidan biz – askarlarga ko„rsatilayotgan 

yuksak e‟tibor va gamxo„rlik samarasidir.  Bularning barchasi biz yoshlarni 

ona-Vatanimizni  asrab-  avaylashga,  uning  shuhratini  yanada  yuksaltirish 

yo„lida  o„qib-izlanishga  va  hayotda  o„z  munosib  o„rnimizni  topishga 

undaydi. Men bundan faxrlanaman.  

O„quvchilar Harbiy askarga guldasta taqdim qiladilar.  

Ustoz: har bir askar xizmatni Vatanga qasamyod qilishdan boshlaydi va 

unga umrbod amal qiladi.  



Sahna  pardasi  ochiladi.  Sahna  to„rining  markazida  harbiy  xizmatga 

chaqirilgan  askar      tik  turgan  davlat  bayrog„i  oldida  qasamyod  qilayotgan 

holda, uning yonida harbiy askarning onasi poklik va tinchlik ramzi bo„lgan 

oq  libosda  Vatan  himoyasiga  otlangan  o„g„longa  duoga  qo„lini  ochib,  oq 

fotiha berishayotgan holda turishibdi. Ayni shu pallada ikki o„quvchi qo„lida 

guldasta bilan sahnaning ikki chekkasida turib she‟r o„qiydi.  

O„quvchilar  qo„llaridagi  guldastalarni  Onaga  va  harbiy  askarga  taqdim 

etadilar. 

Xurshid  Davron  so„zi,  Mustafo  Bafoyev  musiqasi  ostida  yaratilgan 

“Elim  deb,  yurtim  dem  yashagin  bolam”  qo„shig`ini  Ona  siymosida  bir 

o„quvchi qiz musiqa jo„rligida ijro etadi.  

Ustoz: – Sahnaga harbiylar sulolasi vakillarini taklif qilamiz, marhamat!  

Ota  va o„g„ilcha  harbiy  kiyimda,  mardonavor  shaxdam  qadam tashlab 

sahnaga chiqib kelishadi. 

O„g„il:  –   Dadajon, askar akam 



Qadam tashlar gurs, gurs, gurs. 

Vatanimga, xalqimga  

Sodiqman deb bergan so„z. 

Shundaymi? 




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin