O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi


Keyingi mashqimiz “Sovg‘a” deb nomlanadi



Yüklə 484,92 Kb.
səhifə3/6
tarix26.11.2022
ölçüsü484,92 Kb.
#70687
1   2   3   4   5   6
7-8-sinflar uchun kasbiy trening

Keyingi mashqimiz “Sovg‘a” deb nomlanadi.
Mashq davomida;
1. Guruh bilan qanday kasbligi, jinsi va yoshi aniqlab olinadi.
2. Har bir ishtirokchi o‘ylashi uchun 30 soniya vaqt ajratiladi.
3. Navbat bilan sovg‘aning nomi aytiladi (bunda boshlovchi yoki ishtirokchi).
Ko‘rsatma: tasavvur qiling bizning umumiy do‘stimiz bor va u bizni tug‘ilgan kuniga taklif qildi. 30 soniya ichida har birimiz unga sovg‘a tanlashimiz kerak. Bunda uchta shartga rioya qilinadi. 1-shart, sovg‘a uning kasbiga qandaydir bog‘liq bo‘lishi kerak; 2- shart, sovg‘a antiqa bo‘lishi, ya’ni noodatiy, quvnoq. Bu inson juda hazilkash yumorga boy inson, agar unga shunchaki oddiy sovg‘a olsangiz, u xafa ham bo‘lishi mumkin. 3- shart, sovg‘a qimmat bo‘lmasligi kerak.
Relaksasiya.
Doira bo‘lib turib olamiz. Boshlovchi o‘rtada turadi, ishtirokchilar raqamlarni aytib, o‘zlarining raqamlarini eslab qolishlari kerak bo‘ladi, boshlovchi 2 ta raqamni aytadi. Raqamlarni aytgan ishtirokchilar kaftlari bilan tizzalariga uradilar “oy-oy-oy” deb tezda o‘rinlarini almashtiradilar. Boshlovchi ulardan birining o‘rnini egallashga ulgurishi kerak, agarda kimda-kim ulgurmasa boshlovchi bo‘ladi.
Treningni yakunlash. Hamma ishtirokchilar o‘tirib oladilar. Boshlovchi: mana hozir har birimiz tanishib oldik, guruh bo‘lib ishladik, kayfiyatimiz ko‘tarildi. Mana shu kayfiyatda tarqalish uchun bir-birimizga iliq so‘zlar aytib xayrlashaylik.
Navbat bilan qo‘liga koptok olgan ishtirokchiga boshqalar iliq so‘zlarni aytadilar. Mana bugun juda yaxshi ishladik. Endi har birimiz o‘zimizga yaxshi tilaklarni bildiramiz.
Qog‘ozga quyosh rasmini chizing va rasmning o‘rtasiga o‘zingizning ismingizni yoki o‘zingizning portretingizni joylashtiring.
Chizilgan quyoshning nurlariga boshqa ishtirokchilar tomonidan bildirilgan tilaklarni yozib chiqing. Quyosh nurlari imkon qadar ko‘p bo‘lishiga e’tibor qarating.
Xayrlashish. Endi hammamiz o‘zimizni olqishlab qo‘yamiz, bunda “dirijyor” o‘yinidan foydalanamiz. Dirijyor men bo‘laman, siz esa musiqachilarsizlar, musiqani endi qarsaklar bilan chalamiz.



Yüklə 484,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin