O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi


Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha 3-trening mashg‘uloti



Yüklə 484,92 Kb.
səhifə6/6
tarix26.11.2022
ölçüsü484,92 Kb.
#70687
1   2   3   4   5   6
7-8-sinflar uchun kasbiy trening

Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha 3-trening mashg‘uloti


Yo‘l xaritasi” mashqi


Maqsad: o‘z kasbiy maqsadlariga erishish oraliq bosqichlari va mumkin bo‘lgan yo‘llarini anglab etish.


Kerakli materiallar: “Yo‘l xaritasi” tayyor varaqlari


Ishtirokchilar uchun yo‘riqnoma

1. Tarqatma materialning “Yo‘l xaritasi” sarlavhali varag‘ini oching.


2. O‘z kasbiy maqsadingizni ifodalang. Misol uchun:

  • aniq bir o‘quv muassasasiga o‘qishga kirish;

  • aniq bir o‘quv muassasasini bitirish va mutaxassislik diplomini olish;

  • aniq bir ish joyiga joylashish;

  • kasbiy muvaffaqiyatga erishishni va mukofotni qo‘lga kiritishni, rag‘batlantirish hamda boshqalarni o‘z ichiga olgan holatda aniq kasbiy yutuqqa erishish.

3. Varaqning yuqori qismiga kasbiy maqsadingiz (yo‘lingizning yakuniy bekati) ni yozing.
4. “Yo‘l xaritangizda” oraliq bekatlaringizni o‘ylab toping va yozing.
5. Juftlikka bo‘linib sherigingizga kasbiy maqsadingizga erishish yo‘li haqida gapirib bering. Sherigingiz bilan birga xuddi shu maqsadga boruvchi muqobil (boshqa) yo‘lni ishlab chiqishga harakat qiling. Mana shu boshqa yo‘lni o‘z xaritangizda aks ettiring.


O‘tkazish jarayoni va trenerlarga tavsiyalar
Ushbu mashg‘ulotni treningning istalgan qismida qo‘llash mumkin. Biroq ushbu mashqni murakkabroq bo‘lgan “Hayot xaritasi” mashg‘ulotidan avval mashq sifatida o‘tkazishni tavsiya qilamiz.


Mening maqsadlarim “yo‘l xaritasi”

Yüklə 484,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin