5. “nima? Kim? Qanday? Qayerda? Qachon?» refleksiv muolajasi treningi
Maqsad:
- yaqin kelajak rejalarini aniqlashga va «hayotiy dastur»ni tuzishga o‘rgatish.
Trener har bir ishtirokchiga yaqin orada erishishi mumkin bo‘lgan orzu-umidlarini ko‘rib chiqishni va ularning ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra joylashtirishlari kerakligini tushuntiradi. O‘z extiyojlarini qondirishga asoslangan muvaffaqiyat dasturini tuzish kuyidagi qoidalarga asoslanadi:
- «menda nima bo‘ladi», «men nimani hoxlayman», «men mag‘lubiyatni qanday his qilaman» va hokazolar kabi muvaffaqiyat kalitini tuzish;
- har kim o‘zi bajara oladiganini rejalashtirish;
- qo‘lga kiritilgan natijalarni sensor tizimda: his etish, sezish, tovush, kayfiyat va hokazolarda tasvirlash;
- tasavvur qiling, qo‘lga kiritilgan natijalar qachon va qay tarzda kerak bo‘ladi?
- o‘ylab ko‘ring, kutilgan natijalarning oqibati nima bilan tugashi mumkin?
Guruhda natijalarni muhokama qilish.
Dostları ilə paylaş: |