O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127
 
10. Madaniyatshunoslik 
– bolalarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va 
ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor 
xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi. 
 
11. Tibbiy fanlar
– shaxsning fiziologik-anatomik jihatdan to‘g‘ri rivojlanishini 
ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy 
yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda 
ko‘maklashadi. 
Mavzu yuzasidan savollar: 
1. Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimning vujudga kelishi haqida maʼlumot bering?
2. Maktabgacha taʼlim pedagogikasi fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 
3. Maktabgacha taʼlim pedagogikasi qaysi fanlar bilan chambarchas bogʻliq? 
4. Maktabgacha ta’lim pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari qaysilar?
“Maktabgacha ta’lim 
pedagogikasi”ning boshqa 
fanlar bilan aloqasi


34 
2-mavzu. MAKTABGACHA TA’LIM TARIXI 
Mavzu rejasi: 
1.
 
Maktabgacha pedagogikaning fan sifatida rivojlanish bosqichlari. 
 
2.
 
Maktab va maktabgacha ta’limning tashkil topishi,O‘zbekiston mustaqillikka 
erishgandan keyingi davrdagi maktabgacha ta’lim.
 
3.
 
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimiga yangicha yondashuv.
 
4.
 
Maktabgacha ta’limga doir farmon, qaror va farmoishlarni sohaga keng tatbiq etish 
usullari. 
 
5.
 
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
haqida.
 
XIX asrning 80-90 yillariga kelib 
Markaziy Osiyoda bolalar maktabgacha 
ijtimoiy tarbiyasi g‘oyalari yetildi. O‘sha davrda 
taraqqiyparvar mahalliy ziyolilar mehnatkash 
ayollarning og‘ir ahvolini va bolalar 
nazoratsizligini ko‘rib, ularning qismatini 
yengillashtirishga intiladi. 
Ziyoli qatlam vakillari 1872 yilda 
Turkistonda tuzilgan “Jamiyati xayriya” tarkibiga kirib, “Jamiyati xayriya” tomonidan miskinlar 
uylari, tunash joylari, tug‘ruq joylari bilan bir qatorda ota-onasi bo‘lmagan bolalar uchun 
yetimxonlarni tashkil etishdi.
Bu yetimxonalar oz sonli bolalarni, butun Turkistonda taxminan 150-200 kishini o‘z ichiga 
oldi. Ushbu yetimxonalar yasli yoshdagi bolalardan tortib, maktab yoshidagi bolalarni ham 
qamrab olgan. 
1896 yilda Turkistonda vositalar kengashi kambag‘allarning bolalari uchun “yasli”lar deb 
ataladigan muassasalarni tuzila boshlandi. Yaslilarga atak-chechak qila boshlagan bolalar qabul 
qilingan va maktabga ketgunga qadar tarbiyalangan bolalar kun bo‘yi bolalar yaslida bo‘lishar va 
uch marta ovqatlantirilar edi. Yasli ishlarini nazoratchi ayol boshqargan, xizmat qiluvchi xodimlar 
ham bo‘lgan. Bu muassasada bolalarni duolar o‘qishga (duogo‘ylikka), oddiy o‘qishga, yozishga, 
sanashga, to‘qishga, to‘r taqishga, tikishga va boshqa hunarlarga o‘rgatilgan. Butun o‘lka bo‘ylab 
shunday yaslilardagi bolalar soni 50-60 boladan oshmas edi. 
Turkistonda kambag‘allarning bolalari uchun Toshkent, Samarqand, Sirdaryo
Namangan shaharlarida yetixonalar tashkil etilgan. 
Imtiyozli sinflarning bolalari uchun 1891 yilda “Bog‘dorchilik” jamiyati tomonidan 
Toshkent istirohat bog‘ida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun “Bolalar 
maydonchasi” turidagi birinchi bolalar bog‘chalari ochildi. Bolalar bog‘chasi uchun istirohat bog‘i 
maydonidan sersoya joy ajratib berildi. Maydonchada arg‘imchoq, qayiqlar, katta arg‘imchoq 
(ustunga osilgan) o‘rnatildi va xilma-xil o‘yinchoqlar tayyorlandi. Maydonchada gulzor katta 
o‘rinni egallab, bolalar o‘zlari o‘simliklarni parvarish qilishardi.
1891-1903 yillar davomida mablag‘ yo‘qligi sababli bog‘cha bir necha marta 
yopilgan. Ta’lim-tarbiyaga oid ilg‘or g‘oyalarning ta’siri ostida Toshkentda 1903 yil fevral oyida 
“Oilaviy ta’lim-tarbiyaviy to‘garagi” tashkil qilindi. To‘garak Harbiy ministrlik va Xalq maorifi 
tomonidan tasdiqlangan Ustav asosida ish boshladi. U o‘z oldiga quyidagi vazifalarni: 
1. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish usullarini rivojlantirish va takomillashtirishda yordam 
berish; 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin