II. Xulosalar ishonchliligini ta’minlovchi ma’lumotlar to‘plash. Buning uchun turli metodlar qo‘llanilib, bir yoki bir necha bosqichlarda eksperiment o‘tkaziladi.
III.Tadqiqot natijalarini miqdoriy qayta ishlash, o‘rtacha qiymat, korrelyasiya koeffitsentlarini aniqlash, grafiklar va jadvallar, diagramalar tuzish.
IV. Ma’lumotlarni tavsiflash (interpretatsiya qilish), xulosalar ishlab chiqish.
Kuzatish Psixologik holatlarning sabablarini ilmiy tarzda tushuntirib beruvchi tadqiqot metodi.
Eksperiment Psixologik ma’lumotlarni aniqlashga qaratilgan sharoitlarni yaratish maqsadida tadqiqotchining tekshiriluvchi faoliyatlariga faol aralashuvi
Ilmiy kuzatish ma’lumotlar-ni qayd qilishdan ularning ichki mohiyatini tushuntirib berishga o‘tish, uning zaruriy sharti – aniq reja va natijalarni maxsus kundalik yoki bayonnomalarda qayd etishdir.