Demak, ma’naviyatli inson bilimli, ma’lum kasb —hunar sohibi, o’z Vatanining sodiq fuqarosidir. O’z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g’ururlana oladigan inson. O’z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go’zalliklaridan bahramand bo’ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir.
Axloq esa shaxsning xatgi —harakatlari, yurish — turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi.
Umuminsoniy qadriyatlarga sodiқlik Halqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish
Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi
vatanparvarlik
«Ahlok» (lotincha—xulq—atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti—harakatini tartibga soladigan qonun—qoidalar majmuidir.
«Ahlok» (lotincha—xulq—atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti—harakatini tartibga soladigan qonun—qoidalar majmuidir.
1.O’quvchilarda ma’naviy — axloqiy ongni shakllantirish.
2.Ularda ma’naviy—axloqiy his—tuyg’ularni tarbiyalash va rivojlantirish.
3.O’quvchilarda ma’naviy—axloqiy xulq—atvor ko’nikma va odatlarini tarkib toptirish.
Ma’naviy — axloqiy tarbiya mohiyatiga ko’ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o’z xulq — atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog’liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me’yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas’uliyatni his etishi, ma’naviy — axloqiy bilimlarning e’tiqodga aylanishi va bu e’tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma’naviy — axloqiy his—tuyg’u va xislatlarni shakllantirish, o’quvchilar tomonidan ma’naviy—axloqiy xulq—atvor jamiyat a’zolariga bo’lgan hurmat—e’tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab etilishi, ma’naviy — axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat.