Akademik litsey va kasb – hunar kollejlari uchun “Fizika” fanidan o’quv dasturi
Akademik litsey va kasb – hunar kollejlari uchun “Fizika” fanidan o’quv dasturi
Ushbu o’quv dasturi Oliy va o’rta maxsus hamda Xalq ta’limi vazirliklarining 2003 yil 16 oktyabrdagi 256/151 – sonli qo’shma buyrug’i bilan tasdiqlangan va akademik litsey va kasb – hunar kollejlari uchun fizika fanidan uzviylashgan o’quv dasturi sifatida uzliksiz ta’lim tizimiga joriy etish uchun tavsiya etilgan.
Dasturning asosiy vazifasi:
-akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika kursining o’qitilish izchilligini ta’minlash;
-fizik tushuncha, hodisa va qonunlarning uqtirish ketma-ketligida oddiydan murakkablikka qarab borish tizimini saqlash;
-o’qituvchilar ta’lim berish jarayonining bir me’yorda bo’lishiga erishish;
-o’qituvchining ish rejalarini tartibga tushirish;
-oliy o’quv yurtiga kirish uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iboratdir.
1.2 AL va KXK larda «Termodinamika asoslari» bo’limi quyidagilardan iborat. Termodinamika asoslari (6 soat) 1. Termodinamikaning birinchi qonuni. Izojarayonlarga termodinamikaning birinchi qonunini qo’llash. Adiabatik jarayon (2 soat) 2. Qaytar va qaytmas jarayonlar. Termodinamikaning ikkinchi qonuni va uning talqini. (2 soat) 3. Issiqlik mashinalari va ularning ishlash printsiplari. Sovutgich va uning ishlashi. Issiqlik mashinalarining FIKlari va ularni oshirish yo’llari. Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni. O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari. Tabiatni muxofaza qilish. (2 soat) Ko’rgazma v a tajribalar 1. Adiabatik kengayish va siqilishda temperaturaning o’zgarishi. 2. Diffuziya hodisasining qaytmasligi. 3. Issiqlik mashinasining tuzilishi va ishlashi (modelli).
Talabalarga “Termodinamikaning birinchi qonunining izojarayonlarga qo’llanilishi. Adiabadik jarayon” mavzusini o’tishda didaktik materiallardan foydalanish
Kirish
Ta’lim jarayoni qonuniyatlari ya’ni fizikaviy qonuniyatlar va uni hossalarini o’rganishda hamda tadbiq etishda o’quv – biluv faoliyatini tadqiq qilishga yordam beruvchi barcha zarur vositalar va zamonaviy pedagogik tehnologiyalar o’qitishning didaktik materiallarni tashkil qiladi.
Bu borada biz didaktik materiallardan foydalanishda quyidagicha ko’rgazmali vositalardan foydalanamiz.