Mavzu. Sirli g‘or. Dilshod Rajab (1 soat). Bola kompyuterning sirlarini o‘rganish orqali kompyuter olamiga kirishi. Kompyuterni darslarni tayyorlashda yordamchi vosita ekanligi. Ongli va ifodali o‘qish. Mavzu mazmuniga doir qo‘shimcha topshiriqlar.
139-mavzu. Bu mening o‘rtog‘im. Nodir Nazarov (1 soat). O‘quvchi maktabga otlanishi. Asqarni yo‘lda ko‘rib qolgani. Militsionerdan uni ozod qilishni so‘rashi. Do‘stiga yo‘l harakati qoidasiga rioya etish kerakligini o‘rgatishi. Mavzu mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
140-mavzu. Bobongiz xafa bo‘lsalar mayli-mi?.Mirzakalom Ismoiliy (1 soat). Ravshan bobosini mehnat qurollarini olib joyiga qo‘ymay, har yerda pala-partish tashlab ketishi. Bobosining koyishi. Mavzu mazmuniga doir maqollar, hikmatli so‘zlar. Ongli va ifodali o‘qish.
141-mavzu. Suyunchi.Nazir Hakim (1 soat). Toyir va Zoyir yo‘lda hamyon topib olishi. O‘qituvchi maslahati bilan choyxonadagi samovarchiga tashlab kelishligi. Hamyon G‘ofur otaniki ekanligi. Minnatdorchilik bilidirishi. Mavzu mazmuniga doir maqollar, hikmatli so‘zlar. Ongli va ifodali o‘qish.
142-mavzu. Eng muqaddas kun.Yoqutxon Rahimova (1 soat). 9-may - Xotira va qadrlash kuni. Vatanimizni himoya qilish maqsadida jon fido qilgan ota-bobolarimiz ruhini yod etish. Mavzu mazmuniga doir maqollar, hikmatli so‘zlar. Ongli va ifodali o‘qish.
143-mavzu. E’zoz. Ulbibi (1 soat). Ikkinchi jahon urushida vafot etganlarni xotirlab, “Motamsaro ona” yodgorligining qo‘yilishi. Bobo va nevara suhbati. Mavzu mazmuniga doir maqollar, hikmatli so‘zlar. Ongli va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). Mavzu. Xotira va qadrlash kuni. Xurshid Davron (1 soat). She’rda xotiraning borligi, millatning iftixori va g‘ururi tirikligi, u elni, xalqni eltuvchi qudrat va yorituvchi nur ekanligi haqida. Ongli va ifodali o‘qish.