Mavzularni o‘rganish uchun – 60 soat Nazorat ishlari uchun – 8 soat Jami – 68 soat
2- SINF fonetika, Grammatika imlo va nutq o‘stirish (136 soat, A1+: 204 soat)
O‘quchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A1 ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish;
televizor, telefondan to‘g‘ri foydalanish.
A1+ darslik materiallaridan va televizor, radiodan zarur ma’lumotlarni topa olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A1 o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash;
kun tartibiga amal qilish va badantarbiya bilan shug‘ullanish.
A1+ mustaqil o‘qib o‘rganish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A1 davlat ramzlarini bilish;
sinfda va oilasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish;
o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish.
A1+ Sinf va sinfdan tashqari ishlarda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: A1 orasta kiyinish;
ozodalikka rioya qilish;
milliy bayramlarni bilish;
A1+ odob-axloq qoidalariga doimiy ravishda amal qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A1 maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish;
kundalik faoliyatida turli chizmalarni chiza olish;
tejamkorlikka rioya qilish.
A1+ kun tartibiga oid rejalar tuzish.