70-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). 71-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat). “Kumush qish” bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish, takrorlash va umumlashtirish.
Nazorat ishi (1 soat). A1+ Mavzu. Yangi yil archasi. Erkin Vohidov ( 1 soat). Yangi yil kelishi bilan archa bezatilishi. O‘rmondan ko‘m-ko‘k archaning maktabga keltirilishi. Archaga turli o‘yinchoqlar osilishi. Kelinchakdek bezangani ko‘rsatilganligi. Ongli va ifodali o‘qish.
Mavzu. To‘g‘rining ko‘ngli to‘q. Hikoya (1 soat). Hikoyada egrilikning yomon odatlari va to‘g‘rilikni yaxshi xislatlari haqida gapirilganligi ikki sichqon timsolida tasvirlanishi. Ongli va ifodali o‘qish mashqlari. Mavzu mazmuniga doir maqollar.
72-mavzu. O‘zbekiston posbonlari. Mirazim A’zam (1 soat). Uch bola harbiy bo‘lishi. Qurolli kuchlar. Vatanni himoya qilishi va tinchlikni saqlashligi. Mavzu mazmuniga doir maqol va tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.
73-mavzu. Bugun bolasiz, ertaga askar bo‘lasiz. (1 soat). Iste’fodagi tibbiy xizmat podpolkovniki Iskandar Rahmonov va muxbir suhbati. Qurolli kuchlarning faxriysi bo‘lganligi. Ongli va ifodali o‘qish.
Nazorat ishi va tahlili (2 soat). 74-mavzu. Dunyoni saqlar bolalar. Kavsar Turdiyeva (1 soat). She’rda bolalar dunyoni, tinchlikni, ishonchni saqlashi. Quvonch, mehr va sog‘inch bilan birlashishi. Mavzu mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
A1+ Mavzu. Vatan posboni bo‘lay. Muqim Qodir. (1 soat). 14 yanvar “Vatan himoyachilari” kuni sifatida nishonlanishi. Bola akasidan xat olishi, xat ichida akasining surati borligi. Akasi chegarachi ekanligi va Vatan uchun sharaf bilan xizmat qilishi. Bolakay katta bo‘lganda u ham jasur posbon bo‘lishi haqida.