Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish ( 1 soat). 75-mavzu. Bobonur. Safar Barnoyev (1 soat). Samarqandda xizmat qilayotgan o‘g‘li Bobonurdan xat olishi. Harbiyga jo‘natish marosimida non yopishi va uni tishlatishi. Ongli va ifodali o‘qish.
76-mavzu. Botir askarcha.Habib Rahmat (1 soat). She’r qahramoni akasiga o‘xshab askar bo‘lishni xohlashi. Xalqini, vatanini ko‘z qorachig‘idek asrashi. El olqishiga sazovor bo‘lishi. Ongli va ifodali o‘qish.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar: Adabiy-nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):
A1 rivoyat, hikoya, ertak, latifalar, maqol, topishmoq, tez aytish va she’riy matnlarni, ixcham audio va video materiallarini tinglab tushuna oladi;
ularni tushunib ongli, to‘g‘ri, ifodali (bo‘g‘inlamay sidirg‘a) o‘qiy oladi; matnlarning mazmunini to‘liq yoki qisqartirib, qayta aytib bera oladi;
o‘rganilgan mavzular doirasida bayon va bolalar yozuvchilari, ularning asarlari nomini yoza oladi;
o‘qish uchun kitoblar (badiiy asar namunalari)ni mustaqil tanlay oladi.
A1+ darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: A1 o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o‘qituvchi yordamida ularga baho bera oladi;
o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;
matndagi so‘zlarining ma’nolarini hamda gaplarni tushuna oladi;
A1+ asar qahramonlariga munosabat bildira oladi.
VII bo‘lim. ORZULAR QANOTIDA (13 soat, A1+: 4 soat)
77-mavzu. Biz istiqlol farzandlarimiz. Rauf Tolib (1 soat). Istiqlol farzandlari o‘zligini tanitgan dunyoda yashayotganligi. Shu yurt uchun Amir Temur kabi shijoatli, muhabbatli, ishbilarmon va bilimdon bo‘lib, el-yurtga xizmat qilish kerakligi. Mavzu mazmuniga doir maqollar. Ifodali o‘qish.