Mavzu. Anzur Piyoz. Olmos (1 soat). Sadriddin Ayniy bilan G‘.G‘ulomning o‘zaro do‘stligining barcha avlodlarga namuna ekanligining hikoya qilinishi. Ongli va ifodali o‘qish.
115-mavzu. Tanbeh. Xondamir (1 soat). Alisher Navoiyning Mirak naqqoshga qo‘llagan chorasi. Alisher Navoiy – yuksak ma’naviyat egasi ekanligi. Halollik va mehnatsevarlik sifatlariga ega bo‘lishi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
116-mavzu. Navoiy bobomlar. Tursunboy Adashboyev (1 soat). Navoiy – she’riyat sultoni. Alisher Navoiyning xislatlari. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
117-mavzu. Hidi, tili, mazasidan. Rivoyat (1 soat). Boburshohning Hindistondagi ishlari. Boburshohning ko‘ngli buzilishi. Vatanparvarlik, ona zaminning muqaddasligi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
118-mavzu. Rivoyat.Naim Karimov (1 soat). Usmon Nosir – qatag‘on qurboni. Usmon Nosir otasining ruhi bilan suhbati. Otasining maslahati. Ongli va ifodali o‘qish.
Nazorat ishi (1 soat). A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish(1 soat). Mavzu. Alisher Navoiy haqida matn yozish (1 soat). Takrorlash (1 soat). XIII bo‘lim. JAHON BOLALAR ADABIYOTI (13 soat, A1+: 4 soat)
119-120-mavzular. Bolalar gurungi. H.K.Anderson (2 soat). Bolalar o‘rtasidagi munozara. Bolalar suhbatidan xulosa chiqarishlari. Kambag‘al bolaning orzu-umidlari. Odamlardagi yaxshi va yomon odatlar. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
121-mavzu. Bir xurmacha shavla. Aka-uka Grimlar (1 soat). Kampirning sovg‘asi. Sehrli so‘zlarning unutilishi. Muomala odobi. Matn mazmuniga doir maqollar. Ongli va ifodali o‘qish.
122-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).