136-mavzu. Suv bilan suhbat. Zafar Diyor (1 soat). Suv – olamni yashnatishi. Ongli va ifodali o‘qish. Qo‘shimcha savol va topshiriqlar.
Nazorat ishi (1 soat). 137-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). Takrorlash (1 soat) A1+ Mavzu. O‘n ikki aka-uka va o‘tinchi. Ertak (1 soat). Mavzu. Sayohat qil sayohat. Shuhrat (1 soat). Yoz kelganligi, dala-qirlarda buloq suvi xuddi oynadagidek musaffo ekanligi. Mevalar g‘arq pishganligi. Shu o‘lkaning yodgorlik shaharlariga sayohat qilishi to‘g‘risida.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):
A1 ertak va she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi;
ularni ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez va bir daqiqada 30-35 ta so‘zni o‘qiy oladi;
o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;
ularning mazmunini to‘liq yoki qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab, fikrini og‘zaki bayon qila oladi;
maktab kutubxonasidan foydalana oladi;
kichik hajmdagi 5 ta she’rni yoddan aytib bera oladi.
A1+ tabiat haqida kichik ijodiy matn yoza oladi.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:
A1 matndagi so‘z va gaplarning ma’nolarini tushuna oladi;
asar mazmunidan ta’sirlana oladi;
xalq og‘zaki ijodi namunalarini (ertak, topishmoq, maqol, masal, tez aytishni) farqlay oladi;
o‘rganilgan asarlarning nomi, muallifi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi;
asar qahramonlariga munosabat bildira oladi;
o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi.
A1+ mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalar mazmunini tushunib, qayta hikoya qila oladi, asar qahramonlariga munosabat bildira oladi.