A1+ o‘zini nazorat qilishni biladi;
og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera oladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A1 o‘zining o‘quvchilik burch va vazifalarini biladi va unga rioya qiladi;
sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘ladi;
odobli bo‘lishga harakat qiladi;
davlat ramzlarini biladi;
o‘zidan kattalarni hurmat qiladi va kichiklarga izzatda bo‘ladi;
badiiy asarlarda aks etgan qahramonlarning halol, vijdonli, jonkuyarligiga qarab xolis va jiddiy mulohaza yurita oladi;
maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (turli mavzudagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va h.k.) faol ishtirok etadi.
A1+ jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga munosabat bildira oladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: A1 asarlarda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglay oladi, ulardan ta’sirlanib, go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intiladi, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana oladi;
do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘la oladi;
orasta kiyinadi;
yurish turishda kattalardan o‘rnak oladi va kichiklarga o‘rnak bo‘la oladi;
o‘z uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlaydi va milliy bayramlarni biladi;
odob-axloq qoidalariga rioya qiladi.
A1+ ma’naviy va madaniy tadbirlarning mohiyatini tushuna oladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A1 kun tartibiga rioya qiladi;
o‘quv qurollarini saramjon saqlay oladi;
oilada nechta odam borligini biladi;
maktabga kelib ketadigan vaqtni biladi;
kundalik rejalarini tuza oladi;
mamlakatimizdagi bayram kunlarini biladi;
bir kunlik xarajatlarni hisoblay oladi.
A1+ isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushunadi va kundalik hayotda unga amal qiladi.