41-mavzu. Maqollar (1 soat).
Maqollar xalqimizning uzoq yillar davomida yashab, ko‘rgan kechirganlari asosida aytgan pand-nasihatlari. Ular og‘izdan og‘izga ko‘chib, bizgacha yetib kelgani. Maqollarni o‘rganish, va unga amal qilish sog‘lom turmush kechirishimizga yordam berishi. Maqollar sog‘lik, ozodlik, vatanparvarlik, birlik, bilimlilik, yaxshi so‘z, aql, odob va boshqa ko‘plab sohalarda bizga ibrat maktabi bo‘lishi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
Nazorat ishi (1 soat).
42-mavzu. Topishmoqlar (1 soat).
Topishmoq haqida ma’lumot. Topishmoqlarda topilishi kerak bo‘lgan narsa va hodisalarning o‘xshatmalar orqali berilishi. Topishmoqlar o‘yin tarzida o‘tkazilishi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
43-mavzu. Laylak keldi, yoz bo‘ldi (1 soat).
Xalq qo‘shiqlari haqida. Laylak keldi – yoz bo‘ldi qo‘shig‘ining mazmuni. Qo‘shiqning tabiatda ro‘y beradigan o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish. Sinfdan tashqari o‘qish (20 daq.).
44-mavzu. Latifalar (1 soat).
Latifalar xalq tomonidan yaratilgan kulgili voqea (kichik hikoya) ekanligi. Berilgan latifalarning mazmuni. Aql, idrok. Gapga chechanlik. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
45-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat).
Boshqotirmalar, rebus, savol va topshiriqlar asosida o‘quvchilarning bo‘limda o‘rganganlarini tekshirish, umumlashtirish va mustahkamlash.
VI bo‘lim. GO‘ZAL FAZILAT – INSONGA ZIYNAT
(9 soat)
46-mavzu. Oftob va odob. Po‘lat Mo‘min (1 soat).
O‘quvchilar bilan odob haqida suhbatlashish. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish. Sinfdan tashqari o‘qish (20 daq.).
47-mavzu. Odob. Rivoyat (1 soat).
Rivoyat haqida. Rivoyat avloddan avlodga o‘tib kelayotgan hikoya ekanligi. Rivoyatning mazmuni. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
48-mavzu. Kapalak. Mirmuhsin (1 soat).
Tabiatdagi barcha jonli va jonsiz mavjudotlarni asrash haqida matn mazmuni bilan bog‘lab suhbatlashish. Topishmoqlar topish bahsi. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
Dostları ilə paylaş: |