24-mavzu. Mukofot. Ne’mat Toshpo‘lat (1 soat). O‘rmondagi maktab. O‘rmon hayvonlari misolida bilim olishga va kitobga munosabat. Kitobni asrash. Kitobni asragan va yaxshi o‘qiganlarga mukofot. Ertak mazmuniga taalluqli maqol va tez aytishlar. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
25-mavzu. Ona tilim.Vafo Fayzulloh (1 soat). Ona tili jozibasi. Ona tilining ajdodlar tomonidan e’zozlanishi. She’r mazmuniga taalluqli maqol va topishmoq. She’rni ifodali, to‘g‘ri o‘qish.
26-mavzu. Sayoq bola. Rauf Tolib (1 soat). Tuflijon va Tojivoy. Tojivoyning qilmishi va jazo. Odobli va tartibsiz o‘quvchilar xulqining qiyosiy tahlili. Odoblilik va buyumlarni qadrlashning ahamiyati. Matn mazmuniga mos maqol va topishmoqlar. Ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
A1+ Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). Mavzu. Ustozim. Yo‘ldosh Sulaymon (1 soat). Ustozning ota va onaga qiyoslanishi. Uning mehri. O‘quvchining hayolida hamisha bo‘lishi. Ongli va ifodali o‘qish.
27-mavzu. Yodlasam bo‘lmasmidi. Kavsar Turdiyeva (1 soat). Ilm o‘rganish. Topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish mas’uliyati. Mas’uliyatsizlikning oqibati. Maqol va topishmoqlar. She’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri tez o‘qish.
Nazorat ishi (1 soat). 28-mavzu. Ilk saboq. Raim Farhodiy (1 soat). Maktab – bilim maskani. Birinchi dars. Ustoz – eng aziz inson. Dars – muqaddas. She’r mazmuniga mos maqol va topishmoqlar. She’rni ifodali, to‘g‘ri o‘qish.
29-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat). A1+ Mavzu. Gapning joni. Tolib Yo‘ldosh(1 soat). Gapni to‘g‘ri, va o‘ylab gapirish, muloqot odobi. She’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish. She’r mazmuniga doir maqol va topishmoqlar.
Mavzu. Yomg‘ir. Farhod Musajon(1 soat). Maktabga bormaslik uchun yalqovlik, mug‘ombirlik, yolg‘on aytishning oqibatlari. Ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish. Matn mazmuniga mos maqollar, tez aytish va topishmoqlar.