Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea va jarayonlarga daxldorlikni his etish va hayvonotlarni muhofaza qilish ishlarida faol ishtirok qila olishi.
A2+ hayvonlarni muhofaza qilish bo‘yicha o‘zining fuqarolik burchi va huquqlarini bilishi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: A2 insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi.
A2+ Badiiy-ijodiy qobiliyatlarini namoyish qila olishi (turli grafik rasmlar, referatlar, xabarlarning dizayni).
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A2 dars jarayonida o‘z faoliyati natijalarini ko‘rsata olishi, hayvonlarni bir-biridan ajrata olishi, ularning klassifikatsiyasini tuza olishi.
A2+ insonlarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotlarida hayvonlarni parvarish qilishda hisob-kitoblarga tayangan holda ularni go‘shti, suti, yungi, tuxumi, mo‘ynasi uchun boqiladiganlarini ajratgan holda ulardan foydalanish qoidalarini bilishi.
1-BOB. HAYVONLAR TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOT (2 soat, A2+: 2 soat)
1-mavzu: Zoologiya fani va uning vazifalari. (1 soat, A2+: 1 soat) Zoologiya - hayvonlarni o‘rganadigan fan. Zoologiyan - eng qadimiy fan. Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti. Hayvonlarning ahamiyati. Hayvonlarni muhofaza qilish.
2-mavzu: Hayvon organizmining tuzilishi, hayvonlarni klassifikatsiya qilish. (1 soat, A2+: 1 soat) Hayvonlarni o‘simliklarga o‘xshashligi va ulardan farq qilishi. Hayvon hujayrasi va to‘qimalari. Organlar va organlar sistemasi. Hayvonlarni klassifikatsiya qilish.
Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar:zoolog olimlarning portretlari, hayvonlarning xilma-xilligi, yashash muhiti, hayvonlar bilan o‘simliklarning o‘xshashligi va farqini, hayvon hujayralari, to‘qimalari va organlari, hayvonlarni klassifikatsiya qilishni aks ettiruvchi jadvallar, rasmlar, mikropreparatlar, mikroskop, hayvonlarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan videofilm.