O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning biologiya fanidan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi toshkent-2017


Biologik obyekt, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o‘tkazish kompetensiyasi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə66/70
tarix17.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#131796
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
umumiy-orta-talimning-biologiya-fanidan

Biologik obyekt, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o‘tkazish kompetensiyasi:
A2
postembrional rivojlanish davrida o‘simlik va hayvonlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni kuzatishni biladi;
irsiyat qonunlariga doir masalalarni yechish usullari va mexanizmini tushungan holda masalalarni yecha oladi;
modifikatsion o‘zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlarini tajribada o‘rgana oladi.
A2+
o‘simliklarning yangi hosildor navlarini, hayvonlarning zotlarini yaratishning dastlabki usullarini biladi.


Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya:
A2
inson organizmining embrional va postembrional rivojlanishiga tashqi muhitning ijobiy va salbiy ta’sirlari oqibatlarini anglaydi;
odamlardagi irsiy kasalliklar: gen va xromosoma kasalliklari, ularning sabablari va oqibatlari, kasalliklarning oldini olish tadbirlarini biladi, tibbiy genetik xavfsizlik muammolarini tushuna oladi.
A2+
xona o‘simliklari va uy hayvonlarini parvarishlash qoidalariga rioya qilishni biladi.


O‘quvchilarda shakllantirilgan tayanch kompetensiyalar elementlari:


Kommunikativ kompetensiya:
A2
ijtimoiy vaziyatlarda ona tili hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro samarali muloqotga kirisha oladi, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni biladi, ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada ishlay oladi, biologiyadan olgan bilimlari asosida prokariot, eukariot organizmlar, hujayra va uning tarkibiy qismi, ontogenez, genetika va seleksiya sohasidagi bilimlarga ega bo‘ladi.
A2+
hujayra va uning tarkibiy qismi, ontogenez, genetika va seleksiya sohasidagi bilimlarga ega bo‘ladi.


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
mediamanbalardan zarur prokariot, eukariot organizmlar, hujayra va uning tarkibiy qismi, ontogenez, genetika va seleksiyaga oid ma’lumotlarni izlab topa oladi, saralab, qayta ishlab, saqlab, ulardan foydalana oladi.
A2+
mediamanbalarning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallashni hamda mediamadaniyatga ega bo‘lish yo‘llarini biladi.



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin