O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning biologiya fanidan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi toshkent-2017



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə65/70
tarix17.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#131796
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
umumiy-orta-talimning-biologiya-fanidan

Laboratoriya mashg‘uloti: Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlarini o‘rganish.
Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat)
56-57-mavzu: Odam genetikasi. (2 soat, A2+: 3 soat)
Odam genetikasi. Uni o‘rganish metodlari: geneologik, egizaklar, sitogenetik, biokimyoviyo, populyatsion-statistik metod.
Odamlardagi irsiy kasalliklar. Gen va xromosoma kasalliklari. Ularning sabablari va oldini olish tadbirlari. Tibbiy genetik xavfsizlik muammolari.


7-BOB. SELEKSIYA VA BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI
(4 soat, A2+: 6 soat)


58-59-mavzu: Seleksiyaning maqsadi. (2 soat, A2+: 3 soat)
Seleksiyaning maqsadi, vazifalari. Nav, zot, shtamm tushunchalari. Seleksiyaning asosiy metodlari: tanlash, duragaylash, sun’iy mutagenez, hujayra va gen injenerligi. O‘simliklar seleksiyasi. Madaniy o‘simliklarning xilma-xilligi va kelib chiqish markazlari haqida N.I.Vavilov ta’limoti. Hayvonlar seleksiyasi. Hayvonlar seleksiyasining istiqbollari.
60-mavzu: Seleksiya va biotexnologiya. (1 soat, A2+2 soat)
Mikroorganizmlar seleksiyasi va biotexnologiya. O‘zbekiston olimlarining seleksiya va biotexnologiya sohasidagi yutuqlari.
Umumlashtiruvchi takrorlash.
Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat)


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:


Biologik obyektlarni tanish, ularda sodir bo‘ladigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi:
A2
hujayra sikli, mitoz va meyoz bo‘linishda sodir bo‘ladigan jarayonlarning mohiyatini tushunib, tahlil qila oladi. Tirik organizmlarning ko‘payish usullarini biladi. Organizmlarning individual rivojlanishini biladi. Irsiyat, o‘zgaruvchanlik va uning turlarini tushuntirib bera oladi. Seleksiyaning maqsadi, vazifalari, nav, zot, shtamm tushunchalari, seleksiyaning asosiy metodlarini biladi. O‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar seleksiyasining yutuqlari va istiqbollari haqida tushunchaga ega bo‘ladi.
A2+
Mavzu yuzasidan xulosa chiqara oladi, o‘z fikrini aniq va tushunarli bayon eta oladi, darslik va qo‘shimcha adabiyotlardagi matn asosida mantiqiy ketma-ketlikda savollar tuza oladi, savollarga yozma va og‘zaki javob bera oladi.



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin