O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə139/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: 
A2 
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi va
faol ishtirok etadi;
maktabda va maktabdan tashqari adabiy-badiiy yo‘nalishdagi tadbirlarda
(turli mavzudagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va h.k.) faol ishtirok etadi,
atrofdagi insonlar bilan xushmuomalada bo‘ladi;
badiiy asarlarda xilma-xil shakl va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladigan
qahramon va personajlarning ijtimoiy-ma’naviy, fuqarolik, insoniylik va boshqa
burch hamda huquqlarini bajarishlaridagi o‘ziga xosliklar (halol, vijdonli,
jonkuyar, loqayd...)ga qarab turib xolis va jiddiy mulohaza yurita oladi.
A2+ 
badiiy asarlarda aks etgan yuksak ma’naviy fazilatlar, shuningdek, yuksak
badiiyat namunalarini anglay oladi, his etadi va boshqalarga yetkazishga intiladi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya: 
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik
g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni
anglaydi, ulardan ta’sirlanadi, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga
intiladi, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana oladi.
A2+ 
badiiy asarlarda aks etgan tarixiy, ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini
to‘g‘ri tushunadi va talqin qila oladi, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ay oladi hamda
tushuntirib bera oladi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish 
hamda foydalanish kompetensiyasi: 
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy
rejalarini tuza oladi;
shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yurita
oladi;
kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni
o‘qiy oladi va undan foydalana oladi.
A2+ 
inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va
qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘la
oladi hamda ulardan foydalana oladi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin