O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə159/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid tayanch so‘zlar va so‘z
birikmalarini, nutq namunalarini tushuna olish, nechanchi? qaysi? so‘roqlariga
javob bera olish, rasmlar asosida suhbatlasha olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlarni, nechanchi?
qaysi? so‘roqlarini to‘g‘ri talaffuz qila olish va yoza olish.

Nazorat ishi: diktant. (1 soat) 
Xatolar ustida ishlash. (1 soat)

53-55-mavzu. Oziq-ovqatlar (3 soat, A1+: 4 soat) 
Lug‘at: non, choy, sut, shakar, qand, pishloq, sariyog‘, asal, osh, palov, 
sho‘rva kabi tayanch so‘zlar (1 soat); ichyapti/ichmayapti, yeyapti/yemayapti, 
uzatib yuboring, ushating kabi faoliyatni bildiruvchi so‘zlar; shirin, mazali, eng, 
juda kabi belgi-xususiyat bildiruvchi so‘zlar (1 soat) va iltimos, rahmat, 
marhamat kabi taklif-istakni ifodalovchi so‘z va jumlalar (1 soat).
Nutq namunalari: Sut bormi? Marhamat, oling. Stolda nimalar bor? Stolda
choy, sut, qand, asal, sariyog‘ bor. Gulnora nima ichyapti? Choy ichyapti. Choy
issiqmi? Ha, choy issiq.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar 
Tinglab tushunish va so‘zlash: oziq-ovqatlar nomlari, ularni tavsiflovchi
so‘zlarni tinglab tushuna olish, rasmlar asosida suhbatlasha olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan
qo‘llab, sodda yig‘iq gaplar tuza olish.

56-57-mavzu. Idishlar. (2 soat, A1+ 4 soat) 
Lug‘at: choynak, piyola, qoshiq, kosa, pichoq, idish-tovoqlar kabi
tayanch so‘zlar (1 soat); turibdi, ber, bering, olib keling, qo‘y, qo‘ying, yuv, 
yuving, art, arting kabi faoliyatni bildiruvchi so‘zlar (1 soat); dasturxon, 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin