4-6-mavzu. Qadrdon maktabim. (3 soat, A1+4 soat) Lug‘at: maktabimiz, o‘qituvchi, sinfdoshim, ikki qavatli, oshxona, sport zali, sinf, parta, stol, stul, kitob javoni, kiyim javoni kabi tayanch so‘zlar; katta, yorug‘, keng, ozoda, chiroylikabi belgi bildiruvchi va o‘qiymiz, yozamiz, qo‘shiq aytamiz, dars tayyorlaymiz kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar;
-nchi,-inchi qo‘shimchasi, nechanchi? so‘rog‘i (2 soat).
-miz qo‘shimchasi (1 soat).
Nutq namunalari: Bu – mening maktabim. Men 4-sinfda o‘qiyman.
Maktabimiz ikki qavatli. Sinf xonalari keng va yorug‘. Kitob javonida darsliklar va
daftarlar turadi. Maktab oshxonasida ovqatlanamiz. Ashula darsida qo‘shiq
aytamiz.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid savollarga javob berish,
rasmlar asosida suhbatlasha olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab, gaplar tuza olish. Shu
mavzuda berilgan gaplar va matnlarni o‘qiydi va topshiriqlarni yoza olish.
7-8-mavzu. Ko‘chamiz. (2 soat, A1+ 3 soat) Lug‘at: ko‘cha, ko‘p, uylar, xonadonlar, hovli, zamonaviy, yorug‘ kabi
tayanch so‘zlar; keng, chiroyli, gullar, daraxtlar, bir qavatli, ko‘p qavatli, ozoda, aziz kabi belgi bildiruvchi so‘zlar;
yashamoq, yoqmoq, ketmoq kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar.
-ga, -ka, -qa qo‘shimchalari (2 soat).
Nutq namunalari: Bizning ko‘chamiz keng. Ko‘chamizda ko‘p qavatli uylar,
maktab, bolalar bog‘chasi bor. Shu ko‘chadan maktabga boramiz. Dadam bilan
onam ishga borishadi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid savollarga javob berish,
berilgan rasm yoki predmetni tayanch so‘zlar yordamida tasvirlab bera olish,
o‘qilgan ertak, hikoya mazmunini so‘zlab bera olish.