O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə92/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: 

Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish): 
A2 
o‘rganilgan asarlar asosidagi audiomatn va videotasvirlarni ko‘rib, tinglab
tushuna oladi;
o‘rganilgan asarlarni ifodali o‘qiy oladi;
ularning mazmun-mohiyatini tushuna oladi;
badiiy asar syujetini qayta hikoya qila oladi;



90
ular asosida kichik insho yoza oladi.


A2+ 
barmoq, erkin va aruz vaznidagi she’rlarni ifodali o‘qiy oladi;
asarda tasvirlangan insoniy his-tuyg‘ular xususida fikr yurita oladi.

Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: 
A2 
asarda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlarning fazilat va nuqsonlariga
munosabat bildira oladi.
A2+ 
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi.

Nazorat ishi. Insho va uning tahlili.

(2 soat, A2+: 3 soat) 
Nazorat ishi: Test topshiriqlari asosida. (1 soat)
Takrorlash: (1 soat) 
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2) 

25-26-mavzu. Said Ahmad. “Qoplon”, “Sobiq” hikoyalari. (2 soat) 
Adibning hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsia.
“Qoplon” hikoyasida laganbardor va manfaatparast kimsa tabiatiga xos
illatlarning tasvirlanishi. Qurbonboy va qoplon obrazlarini taqqoslab baholash
zarurligi. “Sobiq” hikoyasida ishlab chiqarishni mafkuraga moslashtirgan sho‘ro
tuzumi tartibotining muayyan shaxs taqdirida namoyon bo‘lishi. Hikoyalarning til
xususiyatlari, muallif nuqtayi nazarining yashirin ifodalanishi.
27-mavzu. Musa Jalil. “Ishonma” she’ri. (1 soat, A2+: 2) 
Musa Jalil hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Shoirning Ikkinchi jahon urushi yillarida asirlikka tushishi va Maobit
qamoqxonasida qatl etilishi. “Maobit daftari” she’rlar turkumining yaratilish tarixi.
“Ishonma” she’rining g‘oyaviy mazmuni. Asir shoir qalbidagi shubha va
gumonlarning she’rda o‘z ifodasini topishi. O‘z Vatanini sevgan inson iroda
kuchining she’rda badiiy mujassamlanganligi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin