O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


-42-mavzu. Mirtemir. “Men tug‘ilgan tuproq”, “Onaginam”



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə107/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

40-42-mavzu. Mirtemir. “Men tug‘ilgan tuproq”, “Onaginam”, 
Toshbu”, “Betobligimda” she’rlari. (3 soat)
Mirtemirning qalamkash do‘stlaridan milliy shoir sifatida farqlanishi. Shoir
ijodidagi xalqona ohanglar.
“Onaginam” she’rida uzilmagan farzandlik qarzi tufayli lirik qahramon
iztiroblari, qalb tug‘yonlarining aks ettirilishi. Tug‘yonlar ko‘lami va shoirning
tasvirlash mahorati. “Toshbu” she’rida o‘zbek ayollariga xos yuksak ma’naviy-
axloqiy fazilatlarning yorqin va ta’sirchan aks ettirilishi. “Men tug‘ilgan tuproq”
she’rida ona yurt obrazining yaratilishi. She’rning samimiyligi va ta’sirchanligini
ta’minlaydigan badiiy omillar. Mirtemirning tasvirlash san’ati. Uning she’riyatiga
xos soddalik, samimiylik va rostgo‘ylik.
Nazariy ma’lumot. Tabiat lirikasi haqida.
43-44-mavzu. Xayriddin Saloh. “Yulduzlar afsonasi” asari. (2 soat, A2+: 
4 soat) 
Xayriddin Salohning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. “Yulduzlar
afsonasi” asarining o‘zbek xalq afsonalari ruhida yaratilganligi. Asarda tilga
olingan samoviy jismlarning inson hayoti va xayolot olami bilan bog‘liqligi.
Hulkar va Yetti qaroqchi obrazlari. Yerdagi odamlar o‘rtasidagi ziddiyatlar,
kurashlar va kelishmovchiliklarning asardagi ramziy tasviri. Asarda tasvirlangan
voqealarning aniq va ta’sirchan ifodalanganligi. Asarning badiiy xususiyatlari.
Nazariy ma’lumot. Ballada.
45-48-mavzuE. S. Tompson. “Yovvoyi yo‘rg‘a” hikoyasi. (4 soat, A2+: 5 
soat)
Adib hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Uning qalamiga mansub
“Yovvoyi yo‘rg‘a” asarining ko‘plab tillarga tarjima etilgani va katta shuhrat
qozongani. Asarda erkinlik, hurlik tuyg‘usining ulug‘lanishi. Ozodlikning
o‘limdan kuchli ekanligi tasviri.

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: 

Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish): 
A2 
o‘rganilgan asarlar asosida yaratilgan audiomatn va videotasvirlarni tinglab,
ko‘rib, tushuna oladi;
nasriy va she’riy asarlarni ifodali o‘qiy oladi;



104
ularning mazmun-mohiyatini tushuna oladi;


asar qahramonlariga tavsif, insho (4-5 sahifa) yoza oladi;
turli janr va hajmdagi 5-6 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan
ifodali ayta oladi.
A2+ 
maktab kutubxonasidan mustaqil foydalana oladi, tanlab mutolaa qilgan
asardagi voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira oladi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin