O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat)



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə128/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat)
Takrorlash: (1 soat) 
Nazorat ishi: Test. (1 soat) 
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2 soat) 

24-27-mavzu. Muhammad Rizo Ogahiy. Lirika. (4 soat)
Hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma’lumot. Ijodiy merosi. Shoirning
mumtoz adabiyot tarixida tutgan o‘rni.
“Ta’viz ul-oshiqin” XIX asr o‘zbek she’riyatining benazir namunasi ekanligi.
Shoir g‘azallarida tabiat manzaralari. Navro‘z, bahor, qish haqidagi she’rlari.
“Baland aylab quyoshg‘a roya Navro‘z”, “Soqiyo, mayxoralar jismidin oldi xob



122
qish”, “Qotig‘roq kelmadi hargiz jahong‘a ushbu qishdin qish” g‘azallarida shoir


hayotining aks etishi (1 soat).
“Iloho, har kuning Navro‘z bo‘lsin” g‘azalida an’anaviy yangi yil tilaklari va
ularning poetik ifodasi. “O‘yla yetkurdi jahong‘a ziynatu oro bahor” g‘azalida
bahor vasfi. Jonli tabiatning fusunkor tasvirida shoirning tashxis san’atidan
samarali foydalanishi. Go‘zallik tasvirining bahor (umr) g‘animatligi haqidagi
ko‘hna falsafaga bog‘lab berilishi (2 soat).
Ogahiyning ishqiy g‘azallari. “Yuzing ochkim, quyosh sadqang bo‘lib
boshingdan aylansin”, “Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina”
g‘azallari ishqiy she’rning yuksak namunasi sifatida. Mazkur g‘azallardagi yor
timsolida (xususan, unga murojaatda) shohga xos xususiyatlarning aks etishi (1
soat).
Shoirning boshqa poetik janrdagi asarlari haqida. Ogahiyning kichik she’riy
janrlardagi asarlari: tuyuq, ta’rix, tarafayn. “Dahr uyi bunyodkim, su(v) uzradur
mahkam emas” tarji’bandi va Muhammad Rahimxon Soniyga bag‘ishlangan
“Qasidai nasihat”da Ogahiyning ijtimoiy, siyosiy, axloqiy qarashlarining aks
etishi. Nazariy ma’lumot. Lirik qahramon obrazi (1 soat).

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin