126
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish
):
A2
badiiy asarlar asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab
tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi;
nasriy, she’riy asar namunalarini ifodali o‘qiydi va mazmun-mohiyatini
tushuna oladi;
adabiy, adabiy-ijodiy va erkin mavzulardagi insholarga xos xususiyatlarni
biladi va tegishli yo‘nalishda insho (6-7 sahifa) yoza oladi;
adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda turli mavzularda taassurot, referat
va ijodiy matn yoza oladi, unda xalq maqollari, matallari, hikmatli so‘z, badiiy,
publitsistik asarlardan o‘rinli foydalana oladi;
turli janrdagi adabiyotlarni mustaqil tanlab, mutolaa qiladi, undagi voqea-
hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira oladi.
A2+
turli janrdagi matnlarni obrazga kirib ifodali o‘qiy oladi;
badiiy asar asosida yaratilgan kichik sahna ko‘rinishlarida qahramonlar rolini
ijro eta oladi.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:
A2
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyoti namunalari (nasriy,
she’riy, dramatik asar yoki ulardan olingan parcha)ni farqlaydi va tahlil qila oladi;
badiiy tasvir vositalarini farqlay oladi, ularni berilgan matndan topadi va
tahlilda foydalana oladi;
asarda tasvirlangan insoniy his-tuyg‘ular xususida fikr yurita oladi;
badiiy asarda aks etgan voqelikni estetik tahlil qila oladi;
asar qahramonlari xarakteriga xos fazilat va nuqsonlarga munosabat bildiradi,
baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab, xulosa chiqara oladi;
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotiga oid asar va
uning qahramonlariga yozma hamda og‘zaki tavsif bera oladi;
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z
bilan ifodalab bera oladi.
A2+
asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyati va yozuvchi mahoratini baholay oladi;
adabiy janr imkoniyatlaridan kelib chiqadigan badiiy-estetik hodisalarga
mustaqil va ijodiy munosabat bildira oladi;
asarlarga annotatsiya, taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi;
notiq mahoratini oshiruvchi asosiy omillarni izohlay oladi.
Dostları ilə paylaş: