127
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan
asarlar:
Imom Ismoil al-Buxoriy. Hadislar
Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi” asari.
Oybek. She’rlar.
Abdulla Oripov. She’rlar.
Vilyam Shekspir. “Gamlet” tragediyasi.
60-62-mavzu. O‘ljas Sulaymonov. She’rlar. (3 soat)
O‘ljas Sulaymonovning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Uning
she’rlaridagi yangicha ohanglar talqini. Shoirning “Arg`umoq”, “Maxambetga”
she’rlari, “Qoyilmisan insonga zamin” dostonidagi vatan va vatanparvarlik
g‘oyalarining o‘ziga xos talqini. Ularda milliy va umuminsoniy g‘oyalarning yaxlit
tarzdagi ifodasi. Shoir she’rlarining badiiy o‘ziga xosligi. Ularning ma’rifiy-estetik
ahamiyati.
63-65-mavzu. A.S.Pushkin. She’rlar. “Yevgeniy Onegin” she’riy romani.
(3 soat)
Shoirning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Pushkin rus
adabiyotining buyuk namoyandasi. “Yevgeniy Onegin” she’riy romani. Asarda
XIX asrdagi rus xalqi hayotining yorqin ifodalanishi.
Yevgeniy, Lenskiy va
Tatyana obrazlari. Asarning g‘oyaviy yo‘nalishi va badiiy xususiyatlari.
Pushkin
ijodining o‘zbek she’riyati taraqqiyotiga, shu jumladan, o‘zbek adabiyotida she’riy
roman janrining paydo bo‘lishiga ta’siri.
Nazariy ma’lumot. She’riy roman.
66-69-mavzu. Chingiz Aytmatov. “Asrga tatigulik kun” romani. (4 soat)
Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Yozuvchining XX asr jahon adabiyoti taraqqiyotida tutgan o‘rni. Adib romanlari,
jumladan, “Asrga tatigulik kun” asari haqida ma’lumot (1 soat).
Asar
markazidagi Edigey obrazi, uning mashaqqatli hayot yo‘li, ruhiy olami
orqali
kechagi kunini unutmagan, bobolar amal qilgan yuksak udumlar asosida
yashagan chin insonning ifodalanishi (1 soat).
Romanda Edigeyning yaqin do‘sti Kazangap vasiyatini ro‘yobga
chiqarish
yo‘lidagi zahmatlari ifodasining ta’sirli berilishi. Unda jamiyatdagi ma’naviy
inqirozlar mohiyatining ochilishi. Asarda hodisalarning falsafiy-badiiy talqini
“Asrga tatigulik kun” romanining badiiy xususiyatlari (2 soat).
Dostları ilə paylaş: