1799- yilning 6- iyunida Moskva shahrining Nemislar ko‘chasida yashovchi qadimiy dvoryanlardan bo‘lmish iste’fodagi mayor Sergey Pushkin oilasida tug‘ildi.
A .S.Pushkinning ota-onasi
Aleksandr Pushkinning hayotidagi hal qiluvchi voqea uning 1811- yilning 19- oktabrida Rossiya poytaxti Sankt Peterburg yaqinidagi Sarskoye selo imperatorlik litseyiga qabul etilganligi bo‘ldi.
B u yerda bo‘lajak shoir ijodkorlik muhiti va erkin fikr bilan tanishdi hamda Ivan Pushin, Anton Delvig, Vilgelm Kyuxelbeker singari bir umrlik chin do‘stlar orttirdi.
Yosh shoirning dastlabki she’ri 1814- yilda litseyda chiqadigan «Ovrupo xabarlari» jurnalida chop etildi. Litseyda o‘qib yurganidayoq Pushkinning tengsiz iste’dod egasi ekanligi ayon bo‘lgandi.
O‘limidan ikki yil oldin litseydagi imtihonlarning birida qatnashgan keksa Derjavin
Pushkinning she’rini eshitgach,
Ilk uning buyuk shoir bo‘lajagini she’r bashorat qiladi.
Dushmanlar turli mish-mishlar tarqatib, Gollandiya elchisining tutingan o‘g‘li Dantes bilan Pushkinning orasini butunlay buzadilar. Natijada, 1837- yilning 25- yanvarida Pushkin Dantesga haqoratomuz xat yozib, uni duelga chorlaydi. 27- yanvar kuni duel bo‘lib o‘tadi va buyuk shoir qattiq jarohatlanadi.
Ikki kun azoblanib yotgan A. S. Pushkin
1837- yilning 29- yanvarida olamdan o‘tadi.
Pushkin tarjimonlari
XX asr boshidan buyon buyuk rus shoirining asosiy asarlari Cho‘lpon, G‘. G‘ulom, Oybek,
Mirtemir, E. Vohidov, A. Oripov, Muhammad Ali, A. Suyun, H. Xudoyberdiyeva, U. Azim, M. Kenjabek singari ijodkorlar tomonidan qayta-qayta o‘zbekchalashtirilgan.
«Yevgeniy Onegin» romanining bosh qahramoni kelishgan, aqlli, o‘ziga yarasha o‘qimishli, farosatli yigit.
Lekin u o‘z axloqini kibor jamiyat talabiga moslashtirishga majbur bo‘lgani uchun hammaga begona. Munofiqlik va yolg‘onni axloq darajasiga ko‘targani uchun ham oliy tabaqa vakillari o‘rtasidagi munosabatlarda samimiylik yo‘q.
S amimiylik bo‘lmagan joyda muhabbatga ham
o‘rin yo‘q. Shu bois qizning eng munosib
umr yo‘ldoshi bo‘lishi
mumkinligini yaxshi
bilgani holda Yevgeniy
Tatyananing sevgisini rad etadi. U o‘zining qizga loyiq emasligini sezadi…
O negin yengiltak ham, xotinboz ham emas. Lekin kiborlar ko‘ziga shunday ko‘rinish, ular orasida shuhrat orttirish uchun ayollarni yo‘ldan urishga urinadi. Yevgeniy janjalkash, qonxo‘r odam emas, ammo kiborlarda duelga chiqishdan qo‘rqdi degan fikr uyg‘otmaslik uchun, o‘zi istamagani holda sodda shoir yigit Lenskiyni otib o‘ldiradi. Romanda kuchi, g‘ayrati, aqlini sarflashi mumkin bo‘lgan ezgu mo‘ljalning yo‘qligi tufayli qiynalayotgan yigit iztiroblari aks etgan.
Vafot etib ketgan aslzoda Larinning jiddiy, o‘ychan va oqila qizi Tatyana qishloqqa amakisining mulkiga egalik qilish uchun Peterburgdan kelgan o‘qimishli va aqlli Yevgeniyni ko‘rib, astoydil sevib qoladi.
Uyatchan qiz o‘z tuyg‘ularini atrofidagilardan yashirishga urinadi. Ko‘p ikkilanishlardan keyin qiz sevgisini izhor qilib, yigitga xat yozadi.