Nazorat ishi: test. (1 soat) Takrorlash. (1 soat) Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun. (1 soat, A2+: 2 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun -49 soat (A2+: 74 soat) Nazorat ishlari uchun - 8 soat Xatolar ustida ishlash uchun - 4 soat Takrorlash uchun - 3 soat Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun - 4 soat (A2+: 8 soat) Jami: 68 soat (A2+: 102 soat)
9-SINF (haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat, A2+: 102 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: A2 mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter,
elektron pochta), ma’lumot almashish;
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (tabrik xati yoza
olish, anketalarni to‘ldirish, o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoza olish).
A2+ kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (tavsifnoma, ariza,
shaxsiy ma’lumotnoma yoza olish).
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A2 shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy kamolotga intilish;
o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
A2+ o‘qib-o‘rganish, bilimini mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
o‘z xatti-harakatini adekvat baholash;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish;
kasblarning mohiyatini tushunish;
mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
A2+ o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish;
kasbni ongli ravishda tanlash;