O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


Leksika: tabiiy boyliklar, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, yonuvchi gaz va



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə218/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

Leksika: tabiiy boyliklar, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, yonuvchi gaz va 
boshqa foydali qazilmalar zaxirasi, tuz, aluminiy, pardozlash toshlari va 
qimmatbaho toshlar, paxta, pilla kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Fikrning kimga qarashliligini bildiruvchi modal so‘zlar
(1soat), gumon va taxminni bildiruvchi modal so‘zlar, ularning qo‘llanishi (2 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid publitsistik matnlarni o‘qish, mazmunini
tushuntirish.

Nazorat ishi: matn yaratish. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. (1 soat)


45-47-mavzu. Mardlik – mangulik. (3 soat, A2+: 5 soat) 
Leksika: mardlik, muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik, milliy iftixor
Vatanni himoya qilish, fidokorlik kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Fikrni xulosalashda ishlatiladigan so‘z va birikmalar (1 soat)
ularning qo‘llanishi va imlosi (2 soat).
Adabiy o‘qish: mardlik haqidagi matnlar, rivoyatlar, maqollar va she’rlar.

48-49-mavzu. Kelgusi rejalarim. (2 soat, A2+: 3 soat) 
Leksika: o‘qishlar tugadi, yozgi ta’til, yozgi ishlar, reja tuzmoq, uyni 
ta’mirlash, yordamlashmoq, qishloqqa bormoq, bobomnikida turmoq kabi
tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Undov so‘zlar (1soat), ularning qo‘llanishi (1soat), ulardan fe’l
yasalishi (1 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid matnlar, suhbatlar, she’rlar.

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar 
Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish
kompetensiyalar:
A2 
o‘rganilgan mavzularga oid matnlar mazmunini, mashqlar bo‘yicha berilgan
savol va topshiriqlarni tushuna oladi;
tavsiya etilgan nutqiy mavzularda o‘zaro suhbatlasha oladi;
matn mazmuni asosida savollar tuza oladi, berilgan savollarga grammatik
shakllarni qo‘llab, javoblar yoza oladi;
grammatik bilimlardan fe’l nisbatlari, harakat nomi, ravishdosh, sifatdosh,
bog‘lovchilar, modal so‘zlar va undov so‘zlarning qo‘llanishiga oid topshiriqlarni
bajara oladi.
mavzuga oid she’r va she’riy parchalarni ifodali o‘qib, yoddan ayta oladi;
berilgan tayanch so‘zlar yoki rasm asosida 21-25 ta gapdan iborat bog‘lanishli
matn yoza oladi;
A2+ 
mavzuga oid dialogik suhbatlarga qo‘shila oladi va suhbatdoshining fikriga
munosabat bildira oladi;
kuzatilgan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildira oladi;




200
o‘zlashtirilgan so‘zlar, so‘z birikmalari yordamida va yangi grammatik


shakllarni qo‘llagan holda berilgan matnni davom ettira oladi;


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin