№
|
MAVZULAR NOMI
|
MUDDATI
|
MAS’UL SHAXS
|
SENTYABR OYI 2022
|
1.
|
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi bayrami doirasida “Yangi O`zbekistonda el aziz , inson aziz” shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbirini o‘tkazishda sinf o‘quvchilari bilan faol ishtirok etish.
|
Sentyabr oyining boshida
|
Sinf rahbari,
Maktab ma’muriyati bilan hamkorlikda
|
2.
|
Barcha sinflarda “Yangi O`zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Mustaqillik darsi” ni tashkil etish.
|
Sentyabr oyining boshida
|
Sinf rahbari,
fan o‘qituvchilari
bilan hamkorlikda
|
3.
|
“Sinf soat”ni rejaga muvofiq tashkil etish
|
Har hafta juma kuni
|
Sinf rahbari
|
4.
|
O‘quvchilarni to‘liq darsliklar bilan ta’minlash, shuningdek, kam ta’minlangan va yakka tartibda uyda ta’lim oladigan nogiron bolalarga alohida e’tibor qaratish.
|
Oyning birinchi haftasi
|
Sinf rahbari,
kutubxonachi,
ota-onalar bilan hamkorlikda
|
5.
|
Birinchi tarbiyaviy soatda o‘quvchilarni “Maktabning ichki tartib-qoidasi” va “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining odob - axloq qoidalari” bilan tanishtirish.
|
Oyning birinchi haftasi
|
Sinf rahbari,
fan o‘qituvchilari,
ota-onalar bilan hamkorlikda
|
6.
|
Maktabda yoshlar yetakchisining hisobot saylovini o‘tkazishda faol ishtirok etish,
|
5–20 sentyabr
|
Sinf rahbari,
Yoshlar yetakchisi
bilan hamkorlikda
|
7.
|
Sinfda sinf sardori va faollarini saylab olish.
|
Oyining ikkinchi o‘n kunligi
|
Sinf rahbari,
Yoshlar yetakchisi
bilan hamkorlikda
|
8.
|
Sinfning ota-onalar majlisini o‘tkazish, unda ota-onalar qo‘mitasi raisi va faollarini saylash.
|
Oyning uchinchi o‘n kunligi
|
MMIBDO‘
Sinf rahbari
ota-onalar bilan hamkorlikda
|
9.
|
“Ertalabki saflanish” tadbirini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, uning tarkibida “Dunyo va yurtimizdagi yangiliklar” mavzusida dunyodagi va yurtimiz hayotiga oid eng muhim ma’lumotlar berib borilishida sinf o‘quvchilarini faol ishtirokini ta’minlash.
|
Har hafta dushanba
|
Sinf rahbari, targ’ibotchi,
Yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda
|
10.
|
Hafta kunlarini nomlanishi tartibi asosida ishlar tashkil etish: dushanba kuni – “Iqtisodiy bilimlar kuni”, seshanba kuni – “Sport va sog‘lomlashtirish kuni”, chorshanba kuni – “Huquqiy savodxonlikni oshirish kuni”, payshanba kuni – “Ota-onalar kuni”, juma kuni – “Ma’naviyat kuni”, shanba kuni – “Ozodalik kuni”.
|
Yil davomida
|
Sinf rahbari,
fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda
|
11.
|
Sinfdagi har bir o‘quvchining “Ijtimoiy pasporti”ni tayyorlash va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha “Pasportizatsiya” (so‘rov) o‘tkazish.
|
15-sentyabr
|
MMIBDO‘
Sinf rahbari, targ’ibotchi,
Yoshlar yetakchisi, fan o‘qituvchilari, sinf sardori, ota-onalar qo‘mitasi bilan hamkorlikda
|
12.
|
21-sentabr - “Xalqaro tinchlik kuni” munosabati bilan insho, she’rxonlik va rasm tanlovlari hamda “Sport-tinchlik elchisi” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etish.
|
19-21-sentyabr
|
13.
|
1-oktyabr - O‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan “Ustoz – barkamol avlod tarbiyachisi va tayanchi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazish.
|
28-30-sentyabr
|
14.
|
O‘quvchilar davomatini ayniqsa, maktabning ichki hamda ichki ishlar profilaktika nazoratiga olingan o‘quvchilarning nazorat qilish, sababsiz dars qoldiradigan o‘quvchilar bilan yaqindan ishlash, darsga kelmaslik sabablarini o‘rganib, to‘garaklarga jalb qilish, “Davomat” va “O‘quvchi” reydlarida faol ishtirok etish va hafta yakunida maktab rahbariyatiga ma’lumot kiritish.
|
Har kun
|
MMIBDO‘
Sinf rahbari, targ’ibotchi,
Yoshlar yetakchisi, fan o‘qituvchilari, ota-onalar qo‘mitasi bilan hamkorlikda
|
15.
|
O‘quvchilar o‘rtasida “Alpomish va Barchinoy” test sinovlarini o‘tkazish.
|
Sentyabr-
may
|
Sinf rahbari,
j/t o‘qituvchisi bilan hamkorlikda reja asosida
|
16.
|
O‘quvchilar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini targ‘ib etish maqsadida “Yo‘l qoidasi – umr foydasi!” tarbirini o‘tkazish.
|
sentyabr
|
Sinf rahbari,
maktab rahbariyati, ota-onalar qo‘mitasi, YHX inspektorlari bilan hamkorlikda
|
|