O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini
qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish instituti
6-sinf o’quvchlari uchun
qoidalar va masalalar to’plami
Tuzuvchi: J.A.Elmurodov
Toshkent 2016
2
Son va raqam tushunchasi. Natural sonlar.
Matematikada noldan to’qqizgacha bo’lgan belgilardan foydalaniladi. Ya’ni
0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 lardir. Bu belgilarga raqamlar diyiladi. Sonlar esa raqamlardan
xosil bo’ladi.
Masalan. 1) 93 soni 9 va 3 raqamidan xosil bo’ladi.
2) 275 soni 2, 3 va 5 raqamlaridan xosil bo’ladi.
Agar son nechta raqamdan tuzulgan bo’lsa, u shuncha xonali son diyiladi.
Masalan. 56 soni ikki xonali, 268 soni uch xonali, 35689 soni besh xonali sonlardir.
Sanashda ishlatiladigan sonlar natural sonlar diyiladi.
Natural sonlar 1 dan boshlanadi. Demak, eng kichik natural son bir. Eng katta natural
son mavjud emas. Chunki eng katta deb olgan natural songa birni qo’shsak undan katta
son xosil bo’ladi. Natural sonlar N harfi bilan belgilanadi.
Xona birliklari va sinflari.
Berilgan sondagi har bir son aniq bir xona va sinfga ega bo’ladi. Berilgan
sondagi chapdan o’nga qarab har bir raqam bitta xona birligini, har uchta raqam esa
sinif nomini bildiradi.
Masalan. 23456789 xona birliklari va sinflariga ajrating.
9 raqami shu sonda nechta bir borligini bildirgani uchun birlar xonasi, 8 raqami shu
sonda nechta o’n borligini bildirgani uchun o’nlar xonasi, 7 raqami shu sonda nechta
yuz borligini bildirgani uchun yuzlar xonasi diyiladi vahokazo.
789 soni berilgan sonda nechta bir borligini bildirgani uchun birlar sinfi, 456 soni
berilgan sonda nechta ming borligini bildirgani uchun minglar sinfi, 23 soni esa
berilgan sonda nechta million borligini bildirgani uchun millionlar sinfi diyiladi.
Bu fikrlardan foydalanib sonni xona birliklari bo’yicha yoyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |