ilovasiga muvofiq shaklda tanishtirish bilan yakunlanadi.
36. Xodim lavozim yo‘riqnomasi, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal normativ
hujjatlar bilan tanishganligini xodimlarni lokal normativ hujjatlar bilan tanishtirish jurnalida
imzo bilan tasdiqlaydi.
3-bob. Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish
37. Mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
tomonidan amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
38. Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar zarur
bo‘ladi:
xodimning tashabbusi bilan bekor qilinganda shaxsan yozgan arizasi (qolgan holatlarda
mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari);
mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi
buyruq; aylanma varaqa (zaruriyatga ko‘ra);
shaxsiy varaqa (T-2 shakl);
mehnat daftarchasi (asosiy shtatdagilar uchun);
shaxsiy yig‘ma jild.
39. Mehnat shartnomasi taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinganda (Mehnat
kodeksining 97-moddasi 1-bandi) mehnat shartnomasini shu asosga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risida
kelishuv tuziladi va uni har ikki tomon imzolaydi, ish beruvchining imzosi tashkilot muhri bilan
tasdiqlanadi.
40. Xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida arizada
ishdan bo‘shash sabablari (o‘z xohishiga ko‘ra, kasalligi, nogironligi, yoshga doir pensiyaga
chiqishi, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurti yoxud tayanch doktoranturaga yoki
doktoranturaga qabul qilinishi va h.k) yoziladi.
41. Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinayotganda, xodim
Mehnat
kodeksining
102-moddasida
nazarda tutilgan
muddatlarda
yozma
shaklda
ogohlantirilishi kerak.
42. Buyruqda mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari Mehnat kodeksining 87, 89, 97,
100, 105, 106-moddalari ta’rifiga yoki mehnat shartnomasini bekor qilishning qo‘shimcha
asoslarini nazarda tutuvchi boshqa normativ hujjatlar ta’rifiga to‘la muvofiq holda yozilib,
Kodeksning yoxud boshqa normativ hujjatlarning tegishli moddasi (bandi) dalil qilib
ko‘rsatiladi.
Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan uning kasalligi, nogironligi, yoshga doir
pensiyaga chiqishi, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurti yoxud tayanch doktoranturaga
yoki doktoranturaga qabul qilinishi va qonun hujjatlariga ko‘ra muayyan imtiyozlar va afzalliklar
beriladigan boshqa sabablar tufayli bekor qilinganda, mehnat shartnomasini bekor qilish
haqidagi buyruqda shu sabablar ko‘rsatiladi.
|