O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


ilovasiga muvofiq shaklda



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix13.02.2022
ölçüsü1,23 Mb.
#52523
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5 6197236086951904553

ilovasiga muvofiq shaklda tanishtirish bilan yakunlanadi. 

36. Xodim lavozim yo‘riqnomasi, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal normativ 

hujjatlar  bilan  tanishganligini  xodimlarni  lokal  normativ  hujjatlar  bilan  tanishtirish  jurnalida 

imzo bilan tasdiqlaydi. 

 

3-bob. Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish 

 

37. Mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar 



tomonidan amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi. 

38. Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar zarur 

bo‘ladi: 

xodimning tashabbusi bilan bekor qilinganda shaxsan yozgan arizasi (qolgan holatlarda 

mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari); 

mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi 

buyruq; aylanma varaqa (zaruriyatga ko‘ra); 

shaxsiy varaqa (T-2 shakl); 

mehnat daftarchasi (asosiy shtatdagilar uchun); 

shaxsiy yig‘ma jild. 

39. Mehnat  shartnomasi  taraflarning  kelishuviga  ko‘ra  bekor  qilinganda  (Mehnat 

kodeksining 97-moddasi 1-bandi) mehnat shartnomasini shu asosga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risida 

kelishuv tuziladi va uni har ikki tomon imzolaydi, ish beruvchining imzosi tashkilot muhri bilan 

tasdiqlanadi. 

40. Xodimning  tashabbusi  bilan  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  to‘g‘risida  arizada 

ishdan  bo‘shash  sabablari  (o‘z  xohishiga  ko‘ra,  kasalligi,  nogironligi,  yoshga  doir  pensiyaga 

chiqishi,  oliy  yoki  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  o‘quv  yurti  yoxud  tayanch  doktoranturaga  yoki 

doktoranturaga qabul qilinishi va h.k) yoziladi. 

41. Mehnat  shartnomasi  ish  beruvchining  tashabbusi  bilan  bekor  qilinayotganda,  xodim 

Mehnat 


kodeksining 

102-moddasida 

nazarda  tutilgan 

muddatlarda 

yozma 

shaklda 


ogohlantirilishi kerak. 

42. Buyruqda mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari Mehnat kodeksining 87, 89, 97, 

100,  105,  106-moddalari  ta’rifiga  yoki  mehnat  shartnomasini  bekor  qilishning  qo‘shimcha 

asoslarini  nazarda  tutuvchi  boshqa  normativ  hujjatlar  ta’rifiga  to‘la  muvofiq  holda  yozilib, 

Kodeksning  yoxud  boshqa  normativ  hujjatlarning  tegishli  moddasi  (bandi)  dalil  qilib 

ko‘rsatiladi. 

Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan uning kasalligi, nogironligi, yoshga doir 

pensiyaga chiqishi, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurti yoxud tayanch doktoranturaga 

yoki doktoranturaga qabul qilinishi va qonun hujjatlariga ko‘ra muayyan imtiyozlar va afzalliklar 

beriladigan  boshqa  sabablar  tufayli  bekor  qilinganda,  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish 

haqidagi buyruqda shu sabablar ko‘rsatiladi. 




Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin